Yangiliklar

not found

Toshkentdagi bog‘larda giyohvandlikka qarshi kinologiya punktlari ochiladi

Oktyabr oyidan boshlab Toshkent shahridagi Botanika bog‘i va 11 ta istirohat bog‘ida sinov tariqasida kinologiya punktlari ochiladi. Bundan maqsad giyohvandlik va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalarining aylanmasini oldini olishdan iborat. Toshkent shahrida 1-oktyabrdan bir yil muddatga sinov tariqasida Botanika bog‘i va 11 ta istirohat bog‘ida kinologiya punktlari ochiladi. Bu haqda muhokama uchun e’lon qilingan hukumat qarori loyihasida aytiladi. Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar, shuningdek, kuchli ta’sir etuvchi vositalar muomalasiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bunday punktlar Anhor-Lokomotiv, Lokomotiv, Navro‘z istirohat bog‘lari, Tashkent City, Magic City, Milliy bog‘, Mirzo Ulug‘bek, G‘afur G‘ulom, Furqat, Ashxobod, Green Park hamda Botanika bog‘ida ochilishi kutilmoqda. Ularni tashkil etish bilan poytaxt Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya bo‘limi shug‘ullanadi. Xizmatga Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan Milliy gvardiyaning buyurtmasi bo‘yicha «dual tizim asosida («giyohvandlik vositalarini qidirish» va «antiterror» yo‘nalishlarida) tayyorlangan xizmat itlari jalb etiladi. Tajriba natijalariga ko‘ra, uni O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham joriy qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

  • 21 Aprel, 12:22
  • Batafsil
not found

Tarkibida “Semaglutid” (Semaglutide) saqlagan dori vositalarini olib kirish tartibi qanday?

Prezidentimizning 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-411-son hamda 2024-yil 29-noyabrdagi “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qarorlariga koʻra:  Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 5-son buyrugʻi tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3611, 12.03.2025-y.)  Unga koʻra  Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati tasdiqlangan.   Tarkibida "Semaglutid" (Semaglutide - teri ostiga kiritish uchun eritma, shpris-ruchkada katridj 1,34 mg/1 ml) saqlagan, dori vositasi mazkur roʻyxatning 22-tartib raqami ostida keltirilganligi tufayli Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladi.

  • 18 Aprel, 17:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech