18:00 (03.09.2025)

55

Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida milliy mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazildi

 Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Mazkur milliy koʻrgazmaga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova tashrif buyurdi.

Koʻrgazma “Vitebsk” konsert zalida oʻtkazildi. Unda mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, turizm va hunarmandchilik kabi sohalarda ishlab chiqarilgan turli xil mahsulot va xizmatlar keng  namoyish etildi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ham mazkur koʻrsazmada ishtirok etib, oʻz xizmatlarini taklif qildi.  Koʻrgazma doirasida “Ekzon” Belorus farmatsevtik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

“Ekzon” dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, “Made in Uzbekistan” brendi ostida taqdim etilgan mahsulotlar O‘zbekistonda mahalliy xomashyo asosida, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular sifat va eksportboplik jihatidan xalqaro talablarga to‘la javob beradi.

Shu bilan birga, ko‘rgazmada Belarus Respublikasining milliy mahsulotlari ham namoyish qilindi. Bu ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida o‘zaro o‘rganish, tajriba almashish va yangi hamkorlik loyihalarini muhokama qilish uchun qulay muhit yaratdi.

Shuningdek, koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston va Belarus tadbirkorlari oʻrtasida “B2B” muloqotlar, mahsulot taqdimotlari va savdo uchrashuvlari tashkil etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech