14:00 (27.08.2026)
67
Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik tantanasi — xalqimizning istiqlol yillarida bosib oʼtgan sharafli yoʼli, fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyatini namoyon etadigan ulugʼ ayyomdir.
Bugun Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, aholi farovonligini taʼminlash, jamiyat hayotidagi islohotlarni samarali amalga oshirish yoʼlida sidqidildan mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning fidoyiligi yuksak qadrlanmoqda.
Аna shunday sharafli eʼtirofdan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining bir qator fidoyi va jonkuyar xodimlari ham bahramand boʼldi. Ular mamlakatimiz taraqqiyoti, farmatsevtika sohasining rivoji va aholi salomatligini taʼminlash yoʼlidagi koʼp yillik samarali mehnati, masʼuliyati va kasbiga sadoqati uchun “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Kompaniyada ushbu yuksak mukofotlarni oʼz egalariga topshirishga bagʼishlangan tantanali marosim boʼlib oʼtdi. Marosimda mukofotlangan xodimlarga samimiy tabriklar bildirilib, ularning mehnati va kompaniya rivojiga qoʼshayotgan munosib hissasi alohida eʼtirof etildi. Ushbu yuksak mukofot — nafaqat eʼtirof, balki mehnatga, sadoqatga va fidoyilikka berilgan yuksak bahodir.
“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi jamoasi mukofotlangan hamkasblarimizni samimiy tabriklaydi va ularga mustahkam sogʼlik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaydi!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon boʼlsin! Yangi Oʼzbekiston taraqqiyoti yoʼlidagi ezgu ishlarimiz yanada barakali va samarali boʼlsin!