13:00 (04.09.2025)

99

Qaysi davlatlar saraton kasalligini o‘rganishga eng ko‘p pul sarflaydi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab oltita o‘limdan bittasiga saraton sabab bo‘ladi. Ushbu kassalikni o‘rganish va erta aniqlash juda muhim.

“The Lancet Oncology” jurnali 2016 yildan 2023 yilgacha butun dunyo bo‘ylab saraton kasalliklarini tadqiq qilishga ajratilgan mablag‘larni tahlil qildi.

Tadqiqotlar uchun umumiy qiymati 51,4 milliard dollarni tashil etadigan 108 mingta grantlar ajratilgan. Unga hukumat va xayriya xarajatlari kiritilgan, ammo xususiy sektor ma’lumotlari hisobga olinmagan.

Ushbu xarajatlarni taqsimlaydigan bo‘lsak:

- AQSH – 57% (25,2 milliard yevro);
- Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlariga – 16,8% (7,4 milliard yevro);
- Buyuk Britaniya  – 11,1% (4,9 milliard yevro) ;
- Yaponiyada – 3,6 foiz  (1,6 milliard yevro);
- Avstraliyada –2,9 foiz  (1,3 milliard yevro); 
- Kanadada va Xitoyda – 2,6 foizdan  (1,3 milliard yevro) to‘g‘ri keladi.

Sakkiz yillik tadqiqot davrida AQSH saraton kasalliklarini tadqiq qilish uchun mablag‘ sarflash bo‘yicha uzoq muddat yetakchilik qildi. Biroq, Yevropa mamlakatlari ham milliardlab yevro ajratgan.

Global miqyosdagi tadqiqotlar uchun ajratilgan mablag‘larning aksariyati boy mamlakatlardan kelgan bo‘lib, ular o‘z pullarining asosiy qismini ichki loyihalarga sarflagan. Rivojlanayotgan mamlakatlar ushbu tadqiqot davrida atigi 48,4 million yevro mablag‘ ajratgan.

Qayd etilishicha, ajratilgan mablag‘larning 76 foiz qismi laboratoriya tadqiqotlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ayniqsa, keng tarqalgan ko‘krak bezi saratoni, qon saratoni va klinik tekshiruvlar yaxshi moliyalashtirilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech