12:15 (05.09.2025)

55

Аyollar miyasi Аlsgeymer kasalligiga koʼproq moyil ekani aniqlandi

Yangi tadqiqot natijalariga koʼra, ayollar Аlsgeymer kasalligiga nisbatan koʼproq zaif boʼlishi mumkin. Bu holat organizmdagi yogʼ moddalari miqdori bilan bogʼliq ekani taʼkidlanmoqda.

Alzheimers & Dementia jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda maʼlum boʼlishicha, Londondagi Qirollik kolleji tadqiqotchilari Yevropaning olti davlatida yashovchi 841 nafar fuqaroning qon namunasini tahlil qildi. Tadqiqot natijalariga koʼra, Аlsgeymer kasalligiga chalingan ayollar organizmda omega yogʼ kislotalarini tashuvchi lipoproteinlar kontsentratsiyasi ancha past, toʼyingan yogʼ moddalari darajasi esa yuqori ekani aniqlandi.

Mutaxassislar ushbu farqni ayollar orasida Аlsgeymer kasalligi uchrash tezligi nega erkaklarga nisbatan deyarli ikki barobar yuqori ekaniga ehtimoliy izoh sifatida keltirmoqda. Ularning taʼkidlashicha, tadqiqot natijalari Аlsgeymer kasalligining kelib chiqish mexanizmlarini chuqurroq anglash va jinsga xos profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Аyollar oʼrtasida Аlsgeymerning oldini olishnin bir usuli — ratsionda yetarlicha omega-3 moddasi boʼlishidir, masalan, yogʼli baliq yoki qoʼshimchalar orqali miqdorni toʼldirish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech