11:30 (08.09.2025)
58
Buyuk Britaniyada sunʼiy intellektga asoslangan yangi tibbiy uskuna — aqlli stetoskopning keng koʻlamli sinovlari oʻtkazildi.
Imperial College London universiteti hamda NHS Trust bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mazkur qurilma yurak yetishmovchiligi, qalb qon tomir aritmiyasi (fibrillyatsiya) va yurak klapanlariga oid xastaliklarni atigi 15 soniya ichida aniqlash imkonini beradi.
Odatdagi stetoskop, 1816‑yilda ixtiro qilingan va tibbiyot xodimlarining doimiy yordamchisi sanaladi. Sunʼiy intellekt bilan jihozlangan “aqlli” stetoskop nafaqat yurak tovushlarini past ovozini ham eshita oladi, balki bir vaqtning oʻzida tezkor EKG (elektrokardiogramma) ham bajaradi. Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan soʻng sunʼiy intellekt tashxisni smartfonga chiqarib beradi. SI algoritmlari maʼlumotlar boʻyicha tahlil oʻtkazib, bemorda yashirin muammo bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan oʻtgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrillyatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi.
Shifokorlarning taʼkidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo boʻlishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi.