12:00 (27.01.2026)
272
Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi birinchi mahalliy odam papilloma virusiga (OPV) qarshi vaksinasi “Segardeks”ni 9 dan 17 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllashni maʼqulladi.
Ushbu tasdiq Rossiyaning beshta klinik markazida oʻtkazilgan, 402 nafar bola ishtirok etgan III bosqichli klinik sinov tanijalari asosida berildi. "Segardeks" samaradorlik hamda xavfsizligini koʻrsatdi.
Oʻtgan yilning mart oyida 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan kattalarda "Segardeks" preparatidan foydalanish tasdiqlangan va oktyabr oyida kompaniya Kirovdagi zavodida dori vositasini toʻliq sikl boʻyicha ishlab chiqarishni boshlagan.
“Vaksinaning birinchi partiyalari allaqachon ishlab chiqarilmoqda. Bozorga yetkazib berish 2026-yilning ikkinchi yarmida boshlanadi. Yillik 3 million dozadan ortiq hajmda ishlab chiqarish Rossiya sogʻliqni saqlash tizimini barqaror va prognoz qilinishi mumkin boʻlgan taʼminot bilan taʼminlaydi”, — dedi "Nanolek" kompaniyasi bosh direktori Yevgeniy Barinov. U vaksinani Milliy profilaktik emlash kalendariga kiritilsa, kompaniya unga boʻlgan ehtiyojni qoplay olishga tayyorligini taʼkidladi.
Vaksinani 9 yoshdan qoʻllash imkoniyati xalqaro immunoprofilaktika standartlariga muvofiq boʻlib, bu infeksiya bilan ehtimoliy kontaktdan oldin himoyani shakllantirishni nazarda tutadi. Bu yondashuv maksimal profilaktik samarani taʼminlaydi va OPV bilan bogʻliq kasalliklar, jumladan, bachadon boʻyni va boshqa onkologik kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Odam papilloma virusi butun dunyoda juda keng tarqalgan viruslar guruhining keng tarqalgan nomidir. 190 dan ortiq virus turlari maʼlum boʻlib, ulardan kamida 13 si saraton rivojlanishiga olib keladi.