11:50 (30.01.2026)

112

Oksolin maz: u rostdan ham shamollashdan himoya qiladimi?

1970-yillarda paydo boʻlgan Oksolin mazi tez ommalashgan. Uni nafas yoʻllari infeksiyalarining oldini olish uchun qoʻllashgan, ayniqsa bolalarni himoya qilish maqsadida juda faol ishlatilgan.

Preparatlar ikki xil kasallikni davolash uchun moʻljallangan ikki xil dori shaklida ishlab chiqariladi. Ikki shakl ham viruslarga qarshi vositalar toifasiga kiradi, ammo maqsadlari turlicha.

Burun uchun maz

  • Faol modda miqdori — 0,25%
  • Burin shilliq qavatiga surtiladi
  • Qoʻllanilish koʻrsatmalari:
    • grippning oldini olish
    • virusli tumovni davolash

Tashqi qoʻllanish uchun maz

  • Faol modda miqdori — 3%
  • Soʻgallar va baʼzi virusli kasalliklarda qoʻllaniladi.

Ikki maz ham tashqi koʻrinishi jihatidan juda oʻxshash. Shuning uchun sotib olayotganda va uyda ishlatayotganda qoʻllanmasini yaxshilab oʻqib chiqish lozim

U qanday ishlaydi?

Preparat 1970-yillarda Butunittifoq gripp ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan. Oʻsha paytda olimlari oʻtkazgan tajribalarga koʻra, faol modda gripp bilan kasallanishni 71% ga, boshqa nafas yoʻllari infeksiyalarini esa 44% ga kamaytirgan.

Biroq bu tadqiqotlar 55 yil oldin oʻtkazilgan. Oʻsha davrda klinik tadqiqot standartlari hozirgidek qatʼiy emas edi. Shuning uchun oksolin mazi boʻyicha zamonaviy tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

2020-yilda oʻtkazilgan meta-tahlilda olimlar 1970-yillardan buyon chop etilgan barcha maqolalarni tahlil qilishgan. Ular quyidagi xulosalarga kelishgan:

  • maz deyarli nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqarmaydi;
  • vaksinasi mavjud boʻlmagan respirator infeksiyalar bilan kasallanish xavfini kamaytirishi mumkin;
  • umumiy holda uni qoʻllash maqsadga muvofiq.

Kuz boshlanishi bilan Oksolinga talab ortadi. Buni, masalan, Yandeksdagi qidiruv soʻrovlari statistikasidan ham koʻrish mumkin. 2025-yil avgust oyidayoq foydalanuvchilar maz haqida koʻproq qidira boshlashgan, sentyabrda esa bu koʻrsatkich avgustga nisbatan ikki barobar oshgan. Ilgarigi yillar statistikasi shuni koʻrsatadiki, talab mart oyining oxirigacha saqlanib qoladi — yaʼni ORVI tarqalishi pasaymaguncha.

Profilaktika maqsadida maz burin shilliq qavatiga surtilganda ikki vazifani bajaradi:

  1. Burin shilliq qavatida yupqa qatlam hosil qiladi, viruslar kirishini qiyinlashtiradi;
  2. shilliq qavatni namlab, qurib ketishdan saqlaydi.

Shu sababli u baʼzi odamlarda shamollash xavfini kamaytirishi mumkin.

Oksolinli mazidan foydalanish, umuman olganda, xavfsiz. Ammo shilliq qavatlarni namlash uchun:

  • oddiy vazelin,
  • tuzli spreylar,
  • burinni toʻgʻri yuvish,
  • xonada havoni namlagichdan foydalanish,
  • yetarli miqdorda suyuqlik ichish kabi usullar ham samarali boʻlishi mumkin.

Xulosa. Oksolinli maz qoʻshimcha vosita sifatida ishlatilishi mumkin, lekin u gripp yoki ORVIdan toʻliq himoya qilmaydi. Asosiy eʼtiborni isbotlangan profilaktika usullariga qaratish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech