08:00 (27.05.2026)
62
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!
Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz.
Ushbu ulug‘ va qutlug‘ bayram yurtimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Qurbon hayiti insonlarni ezgulikka, o‘zaro hurmat va yordamga chorlaydigan, qalblarga nur va xotirjamlik ulashadigan muqaddas ayyomdir.
Shu muborak kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Yaqinlaringiz mehri va duolari doimo sizga hamroh bo‘lsin.
Yurtimizda doimo hamjihatlik va ahillik muhiti barqaror bo‘lib, har bir xonadonga baxt, quvonch va farovonlik hamroh bo‘lsin.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
hurmat bilan,"Dori-Darmon" AK jamoasi