13:15 (01.06.2026)
37
"Andijon Dori-Darmon" AJ litsenziyasi yangilandi
"Andijon Dori-Darmon" aksiyadorlik jamiyatining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi yangilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2031-yil 1 iyunga qadar belgilangan.
Mazkur litsenziya jamiyat tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, tashish hamda muomalaga chiqarish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish imkonini beradi.