Yangiliklar

not found

BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ziroat Mirziyoyeva raisligida bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

«Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat” mavzusidagi ushbu tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va «St. Jude” bolalar tadqiqot shifoxonasi bilan birgalikda tashkil etildi. Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining oliy darajadagi haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, St.Jude bolalar tadqiqot shifoxonasi hamda "Zamin" fondi hamkorlikda "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" mavzusida tadbir o‘tkazdi. Unda Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirokchilarga murojaat qilar ekan, shunday dedi: "Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat chekmoqda. Bu — sayyoramiz aholisining qariyb uchdan bir qismi demakdir. Millionlab bolalar saratonga qarshi kurashmoqda. Zamonaviy tibbiyot yutuqlariga qaramay, yashovchanlik darajasi turli mintaqalarda keskin farq qiladi: rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80 foizdan yuqori bo‘lsa, rivojlanayotganlarda 30 foizdan ham past. Bunday tafovut mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Bunday fojialarning oldini olish uchun chora ko‘rishimiz zarur". Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vyetnam, Gvatemala, Serbiya birinchi xonimlari, Livan Bosh vazirining rafiqasi; JSST bosh direktori, EKOSOS prezidenti, "Sent Jud" bolalar tadqiqot shifoxonasi prezidenti, Turkiya, Angola, Armaniston, Bangladesh, Mozambik, Dominikan Respublikasi, Nigeriya, Qozog‘iston, Qatar, Kongo Respublikasi, Qirg‘iziston, Malta, Mo‘g‘uliston, BAA, Peru, Tojikiston, Timor-Leste, Tuvalu, Chad, Yamayka sog‘liqni saqlash vazirlari, Vengriya, Indoneziya, Rossiya, Tanzaniya sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbariyati, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamjamiyati va fuqarolik jamiyati vakillari, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar ishtirok etdi. Ular orasida "Mehrli maktab" maktabining yosh bitiruvchisi va ko‘ngillisi Samira Idrisova o‘z hayoti haqida samimiy hikoya qilib berdi. Ishtirokchilar adolatli, integratsiyalashgan va mahalliy resurslarga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar saratonga chalingan bolalarning yashovchanlik ko‘rsatkichini 60 foizga yetkazish borasidagi qat’iy intilishlarini tasdiqladilar. Shuningdek, bolalarda saraton kasalliklarini davolashdagi yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘roqsimon hujayrali anemiyaga qarshi global tashabbusni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

  • 25 Sentyabr, 10:45
  • Batafsil
not found

Oyda bir marta qo‘llaniladigan artritga qarshi yangi dori vositasi ishlab chiqildi

Rossiya Fanlar akademiyasining eritmalar kimosi instituti olimlari «aqlli” gidrogellar asosida revmatoid artritga qarshi dori vositasining yangi shaklini ishlab chiqdi. Uni oyiga bir marta qo‘llash mumkin. Metodika dori vositasini yallig‘langan joyga aniq va nazorat qilingan tarzda chiqarish uchun ishlab chiqilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda artritni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari, asosan, tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Biroq, ovqat hazm qilish tizimi orqali o‘tganida faol moddaning katta qismi yo‘qoladi va barqaror ta’sirga erishish uchun dorini tez-tez qabul qilish talab etiladi. Inyeksiyalar tezroq ta’sir qiladi, ammo yuqori dozalar nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Yangi ishlanma – bu organizmga kirganida gelga aylanuvchi plyuroniklar nomli polimerlardan iborat suyuq eritma hisoblanadi. Olimlar ushbu gel tarkibiga yallig‘lanishga qarshi vosita — leflunomid preparatini qo‘shishdi. Yangi davolash usuli inson bo‘g‘imining sinovial suyuqligiga yaqin muhitda allaqachon sinovdan o‘tkazildi. Gelning yuqori qovushqoqligi tufayli dori vositasi sekin va yo‘naltirilgan holda chiqarildi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday usuldan foydalanish inyeksiyalar sonini oyiga bir martagacha kamaytirish imkonini beradi. Tizim, shuningdek, faol moddani "qadoqlaydigan" tuzilmalar — mitsellalarni shakllantirish orqali yomon eriydigan dorilarning eruvchanligini yaxshilash imkonini berdi. «Olingan gellar xossalarining o‘zgaruvchanligi leflunomidning optimal dozasini berish va uni organizmga nazorat ostida kiritish imkoniniberadi”, dedi laboratoriya ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi Mixail Agafonov

  • 24 Sentyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida inson organlari va to‘qimalari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi. Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar fuqarodan iborat jinoiy guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni topib va sog‘lom fuqarolarni mo‘may pul zvaziga o‘z organini sotishga qiziqtirib, chet eldagi tanishlari yordamida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ularni go‘yoki qarindosh sifatida ko‘rsatib, qo‘shni davlatlardan biridagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishgan. Uyushgan jinoiy guruhning 2023-2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar to‘qimalari ko‘chirib o‘tkazilgan. O‘z navbatida, bemorlardan olingan katta miqdordagi pul mablag‘larining ma’lum bir qismi operatsiya uchun xususiy klinikaga hamda donorlarga berilgan, qolgani esa o‘zaro taqsimlangan. Shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyin sog‘liqlarida ijobiy o‘zgarish bo‘lmagan bemorlarga og‘riqni qoldirish maqsadida jinoiy guruh tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan. Uyushgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 133-1 (inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 246 (kontrabanda) va 273 (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) -moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Hozirda jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.

  • 23 Sentyabr, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech