08:47 (30.04.2025)

118

Kariyesdan himoyalanishning innovatsion usuli topildi

Xalqaro olimlar guruhi kariyesni keltirib chiqaradigan bakteriyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan tish emali qoplamasini ishlab chiqishdi.

Yangi qoplama emalning asosiy mineral komponenti bo‘lgan nanokristalli gidroksiapatit va antibakterial xususiyatlarga ega xinolin birikmalariga asoslangan. Aralashma tish yuzasiga qo‘llanilgandan keyin 30 daqiqa ichida emalning tuzilishini tiklaydigan va bakterial blyashka rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi himoya plyonkasini hosil qiladi.

Tarkibida Ftorid bo‘lgan an’anaviy stomatologik himoya usullari ko‘pincha mikroblarga qarshi yetarlicha samara bermaydi. Yangi ishlanma esa kariyes rivojlanishida faol ishtirok etadigan Streptococcus spp. - bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, qoplamaning chidamliligi tabiiy emaldan bir oz pastroq. Kelajakda olimlar qoplamaning xavfsizligi va chidamliligini haqiqiy klinik amaliyotga yaqin sharoitlarda o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech