15:13 (29.04.2025)

130

Sifati kafolatlanmagan va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tumani boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “N.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi D.X. fuqaro M.X.ga “Benzonal” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 600 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli kirim va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 34 turdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.U. fuqaro M.X.ga 2 turdagi 270 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 14 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Bektemir tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, avtomashina old oʻrindigʻida kelayotgan fuqaro A.U. 40 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir dori vositasini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun: Qonunchilikda, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan dorilarning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech