Yangiliklar

not found

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash tartibi yangilanadi

O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy jihozlarni sertifikatlashtirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Yangi tartibga ko‘ra, 2027 yildan boshlab dori vositalari uchun milliy GMP sertifikati, tibbiy jihozlar uchun esa ISO 13485 standartiga muvofiqlik milliy sertifikati bosqichma-bosqich talab etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi bilan amaldagi “Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari” qayta ko‘rib chiqildi. Unga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlari tushunchasiga dori vositalari bilan bir qatorda tibbiy jihozlar ham aniq kiritiladi. Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash endi ariza beruvchi tomonidan muvofiqlikni baholash natijasidan qat’i nazar, faqat haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib amalga oshiriladi va barcha ishlar to‘lov oldindan qilinganidan so‘ng bajariladi. 2027 yil 1 yanvardan dori vositalari uchun ishlab chiqaruvchining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” milliy sertifikati, 2027 yil 1 iyuldan tibbiy jihozlar uchun ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikati talab etiladi. Shu bilan birga, bir qator holatlarda bu talablar qo‘llanmaydi. Jumladan: orfan (kam uchraydigan) kasalliklar uchun mo‘ljallangan, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holda import qilinadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar; majburiy sertifikatlashtirish talab etilmaydigan tibbiy jihozlar; tan olish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladigan dori vositalari va jihozlar; Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan mahsulotlar. Shuningdek, namunalarni tanlab olish va hujjatlashtirish jarayonlari raqamlashtirilib, sertifikat.tris.uz elektron tizimi orqali dalolatnomalar rasmiylashtirilishi va elektron imzo bilan tasdiqlanishi belgilanadi.

  • 10 Dekabr, 14:20
  • Batafsil
not found

Kamqonlikka qarshi kurashishning samarali usuli aniqlandi

Bakterial infeksiya fonida anemiya bilan og‘rigan bemorlarni davolashda uzoq vaqt davomida xavfli deb hisoblanib kelingan temirni vena orqali yuborish usuli nafaqat xavfsiz, balki samarali ekani ma’lum bo‘ldi. Bunday terapiya insonning o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday xulosaga 85 mingdan ortiq gospitalizatsiya qilingan bemorlar ma’lumotlarini tahlil qilgan gematologlar keldilar. Tadqiqot natijalari Blood jurnalida e’lon qilingan. Temir bakteriyalarni «oziqlantirishi” mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli uzoq yillar davomida uni vena orqali yuborishdan qochish tavsiya etilganiga qaramay, tadqiqotchilar bunga teskari natijani aniqladilar: pnevmoniya, MRSA, kolit va boshqa keng tarqalgan infeksiyalarga chalingan bemorlarda, agar ular temir qabul qilsalar 14 va 90 kun ichidagi o‘lim darajasi ancha past bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu bemorlarda 2–3 oydan so‘ng gemoglobin darajasi temir qabul qilmagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Bakterial meningitda yaxshilanish kuzatilmagan, ammo holatning yomonlashishi ham qayd etilmagan. Mualliflar ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar retrospektiv tahlilga asoslangan va temirni vena orqali yuborishning haqiqiy foydasini faqat randomizatsiya qilingan klinik tadqiqot to‘liq tasdiqlay oladi. Biroq natijalar o‘tkir infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda anemiyani davolash bo‘yicha ko‘p yillik qarashlarni qayta ko‘rib chiqishga turtki bermoqda. 

  • 10 Dekabr, 09:03
  • Batafsil
not found

Nima uchun uyqu dorilarni shifokor retseptisiz qabul qilib bo‘lmaydi?

Odamlar tobora ko‘proq, uyqu bilan bog‘liq muammolarni retseptsiz beriladigan dori vositalari bilan hal qilishga urinmoqda, biroq bunday vositalar uyqu tartibini buzilishi, qaramlik va toksik ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Nevrolog Yuriy Flomin o‘zini- o‘zi davolash bilan shug‘ullanmaslikka chaqiradi. Ko‘plab ommabop uyqu dorilari, xususan doksilamin asosidagi preparatlar, uyquning tabiiyligini o‘zgartiradi. Shu sababli, hatto 7–8 soat dam olgandan keyin ham inson o‘zini holdan toygan his qilishi mumkin. “Ular uyqu arxitekturasiga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun organizm to‘liq tiklana olmaydi”, — deya tushuntiradi shifokor. Ayniqsa “o‘simlikka asoslangan” deb taqdim etiladigan, amalda esa fenobarbital saqlovchi dori vositalar xavflidir. Ushbu modda tezda qaramlikni keltirib chiqaradi va toksik bo‘lishi mumkin. Fenobarbitalni uzoq muddat qo‘llash nafaqat qaramlikni shakllantiradi, balki jigar faoliyatining buzilishiga, toksinlar yig‘ilishiga va xotiraning yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, haqiqiy o‘simlik vositalarining uyquni yaxshilashdagi samaradorligi isbotlanmagan va ko‘pincha platsebo effektiga asoslanadi. Shifokor ta’kidlaydi: muntazam uyqu buzilishlari mutaxassis maslahati­ni talab qiladi. Uyquning surunkali buzilishlarini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas, chunki sifatli dam olishning yetishmasligi yurak-qon tomir kasalliklari va depressiyadan saratongacha bo‘lgan jiddiy kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  • 9 Dekabr, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech