09:03 (10.12.2025)

140

Kamqonlikka qarshi kurashishning samarali usuli aniqlandi

Bakterial infeksiya fonida anemiya bilan og‘rigan bemorlarni davolashda uzoq vaqt davomida xavfli deb hisoblanib kelingan temirni vena orqali yuborish usuli nafaqat xavfsiz, balki samarali ekani ma’lum bo‘ldi.

Bunday terapiya insonning o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday xulosaga 85 mingdan ortiq gospitalizatsiya qilingan bemorlar ma’lumotlarini tahlil qilgan gematologlar keldilar. Tadqiqot natijalari Blood jurnalida e’lon qilingan.

Temir bakteriyalarni «oziqlantirishi” mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli uzoq yillar davomida uni vena orqali yuborishdan qochish tavsiya etilganiga qaramay, tadqiqotchilar bunga teskari natijani aniqladilar: pnevmoniya, MRSA, kolit va boshqa keng tarqalgan infeksiyalarga chalingan bemorlarda, agar ular temir qabul qilsalar 14 va 90 kun ichidagi o‘lim darajasi ancha past bo‘lgan.

Bundan tashqari, ushbu bemorlarda 2–3 oydan so‘ng gemoglobin darajasi temir qabul qilmagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Bakterial meningitda yaxshilanish kuzatilmagan, ammo holatning yomonlashishi ham qayd etilmagan.

Mualliflar ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar retrospektiv tahlilga asoslangan va temirni vena orqali yuborishning haqiqiy foydasini faqat randomizatsiya qilingan klinik tadqiqot to‘liq tasdiqlay oladi. Biroq natijalar o‘tkir infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda anemiyani davolash bo‘yicha ko‘p yillik qarashlarni qayta ko‘rib chiqishga turtki bermoqda. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech