12:00 (03.12.2025)

58

Tibbiyot xodimlari migratsiyasi: sabablar va muammolar

Shifokorlarni o‘z mamlakatidan tashqarida ish izlashga undaydigan sabablarni yaxshiroq tushunish uchun Medscape Professional Network 1251 shifokor orasida global so‘rov o‘tkazdi.

Chet yelda ishlayotgan yoki shunday qilishni rejalashtirayotgan respondentlarning javoblari emigratsiyaning asosiy motivlarini va bu yo‘lda duch keladigan to‘siqlarni ochib berdi.

Xorijda faoliyat yuritishning asosiy sabablari sifatida 5 ta omilni ko‘rsatishgan:

- hayot sifati va ish hamda shaxsiy hayot balansi yaxshiroq (53%),

- maosh yuqoriroq (42%),

- oila uchun ta’lim va turmush sharoitlari yaxshi (37%),

- kasbiy rivojlanish imkoniyatlari ko‘proq (34%),

- uzoq muddatli immigratsiya yoki doimiy yashash imkoniyati (31%).

Asosiy to‘siqlar:

- litsenziya va malakani tan olish talablari (48%),

- tibbiyot tizimi va klinik jarayonlarining farqlari (45%),

- til va kommunikatsiya qiyinchiliklari (34%),

- madaniy to‘siqlar (33%),

- shaxsiy yoki oilaviy moslashuv muammolari (32%).

Xorijda ishlovchi shifokorlarning ko‘pchiligi (66%) o‘z vatanida ishlagandagidan ko‘proq daromad olishini ma’lum qilishgan. Shu bilan birga, ko‘p respondentlar moliyaviy bo‘lmagan afzalliklarni — hayot sifati va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini ham alohida ta’kidlashgan.

Ispaniya (22 foiz), Germaniya (12 foiz), Fransiya (9 foiz), AQSH (7 foiz) va Avstraliya (6 foiz) ko‘chirish uchun eng ommabop mamlakatlar bo‘ldi.

Mehnat migratsiyasining barcha afzalliklariga qaramay, diplomlarni tan olish va mahalliy normativ talablarga muvofiqlik jarayonlari jiddiy to‘siq sifatida qolmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech