11:50 (09.12.2025)

183

Nima uchun uyqu dorilarni shifokor retseptisiz qabul qilib bo‘lmaydi?

Odamlar tobora ko‘proq, uyqu bilan bog‘liq muammolarni retseptsiz beriladigan dori vositalari bilan hal qilishga urinmoqda, biroq bunday vositalar uyqu tartibini buzilishi, qaramlik va toksik ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Nevrolog Yuriy Flomin o‘zini- o‘zi davolash bilan shug‘ullanmaslikka chaqiradi. Ko‘plab ommabop uyqu dorilari, xususan doksilamin asosidagi preparatlar, uyquning tabiiyligini o‘zgartiradi. Shu sababli, hatto 7–8 soat dam olgandan keyin ham inson o‘zini holdan toygan his qilishi mumkin.

“Ular uyqu arxitekturasiga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun organizm to‘liq tiklana olmaydi”, — deya tushuntiradi shifokor.

Ayniqsa “o‘simlikka asoslangan” deb taqdim etiladigan, amalda esa fenobarbital saqlovchi dori vositalar xavflidir. Ushbu modda tezda qaramlikni keltirib chiqaradi va toksik bo‘lishi mumkin.

Fenobarbitalni uzoq muddat qo‘llash nafaqat qaramlikni shakllantiradi, balki jigar faoliyatining buzilishiga, toksinlar yig‘ilishiga va xotiraning yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, haqiqiy o‘simlik vositalarining uyquni yaxshilashdagi samaradorligi isbotlanmagan va ko‘pincha platsebo effektiga asoslanadi.

Shifokor ta’kidlaydi: muntazam uyqu buzilishlari mutaxassis maslahati­ni talab qiladi.

Uyquning surunkali buzilishlarini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas, chunki sifatli dam olishning yetishmasligi yurak-qon tomir kasalliklari va depressiyadan saratongacha bo‘lgan jiddiy kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech