Yangiliklar

not found

Toshkent ekologiyasi uchun kechiktirib bo‘lmas choralar!

"Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoniga asosan, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga 2026-yil 1 martga qadar muhim vazifalar yuklatildi. Ushbu muddatgacha Toshkent shahrida ekologik vaziyatni kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar orqali yaxshilash belgilandi. Bu borada samarali faoliyat yuritish uchun maxsus Komissiya tuziladi. Ushbu Komissiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: Tahlil va monitoring: Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, ekologik vaziyatning yomonlashish tendensiyalarini prognozlash. Harakatlarni muvofiqlashtirish: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harakatlarini muvofiqlashtirish hamda ular o‘rtasida zarur hamkorlik va ma’lumot almashishni tashkil etish. Tadqiqotlar va ilg‘or tajriba: Ekologik muammolar bo‘yicha tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ushbu muammolarni oldini olish bo‘yicha, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida hamda xorijiy va mahalliy olim va ekspertlarni jalb etgan holda zamonaviy va samarali usullarni ishlab chiqish va joriy etish. Moliyalashtirishni ta’minlash: Toshkent shahrida ekologik vaziyat murakkablashgan hollarda, uni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni aniq manbalarini belgilagan holda, shu jumladan Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirishni ta’minlash. Prezidentga takliflar kiritish: Ekologik vaziyat murakkablashgan hollarda uni yaxshilashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish. Davlatimiz tomonidan Toshkent shahrida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan keng qamrovli va tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu esa poytaxt aholisi uchun toza va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan qat’iy maqsadni ko‘rsatadi.

  • 25 Noyabr, 12:37
  • Batafsil
not found

Matbuot kotiblari uchun axborotga ega bo‘lish huquqi va strategik kommunikatsiya bo‘yicha o‘quv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda vazirliklar va davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun maxsus o‘quv treninglari turkumi o‘tkazildi. Ushbu maxsus o‘quv treninglarda "Dori-Darmon" AK matbuot xizmati rahbari Kumush Pardayeva ham ishtirok etdi. Xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan ushbu treninglar pressa va axborot xizmati xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga, fuqarolarning axborot olish huquqini xalqaro inson huquqlari standartlari asosida ta’minlashga, shuningdek davlat idoralari o‘rtasida strategik va inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiyani kuchaytirishga qaratildi. Treninglarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi: · Axborotga ega bo‘lish huquqining universal inson huquqi sifatidagi o‘rni va davlat idoralari shaffofligi, hisobdorligi hamda jamoatchilik ishonchini oshirishdagi ahamiyati; · Davlat organlarining axborot taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari, ushbu huquqning qonuniy cheklanishlari va samarali axborot oshkor qilish amaliyoti; · Strategik kommunikatsiyani rejalashtirish va idoralar o‘rtasida muvofiqlashtirish; · Raqamli davrda dezinformatsiyaga qarshi kurash, jumladan sun’iy intellekt va yangi paydo bo‘layotgan tahdidlar. Ushbu treninglar YUNESKO va Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston hukumati va fuqarolarini axborotga ega bo‘lish, institutlar hisobdorligi va media savodxonligini kuchaytirish orqali qo‘llab-quvvatlash” nomli YUNESKONING OAV dasturi (AIM) doirasida amalga oshirildi. Loyiha O‘zbekistonning BMT Barqaror rivojlanish maqsadi 16.10 — jamoatchilikning axborotga ega bo‘lishini ta’minlash va asosiy erkinliklarni himoya qilish borasidagi maqsadlariga hissa qo‘shadi.

  • 23 Noyabr, 11:02
  • Batafsil
not found

Dunyo bo‘ylab bolalar orasida gipertoniya o‘sib borayotgani aniqlandi

Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda. Dunyoda bolalar gipertoniyasi bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda, deyiladi Lancet portalida e’lon qilingan tadqiqotda.  «Bolalar gipertoniyasi butun dunyo bo‘ylab yosh aholining sezilarli va o‘sib borayotgan qismini qamrab olmoqda», deyiladi nashr xabarida. Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda. Nashr mualliflari qariyb 444 ming bolani qamrab olgan maqolalar ma’lumotlarini tahlil qilib, 2000-2020 yillar oralig‘ida bolalar gipertoniyasining tarqalishi deyarli ikki baravarga oshganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi: o‘g‘il bolalarda 3,4 foizdan 6,53 foizgacha va qizlarda 3 foizdan 5,82 foizgacha. Tadqiqot natijalarini sharhlar ekan, Ispaniya kardiologiya jamiyati prezidenti Ignasio Fernandes Losano mutaxassislar o‘z amaliyotida uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan narsa tasdiqlanganini aytdi. «Bu xavotirli, chunki biz bolalar va o‘smirlarda yurak-qon tomir tizimining holati doimiy ravishda yomonlashib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Gipertoniya - bu kattalar kasalligi va uning bunday yoshda paydo bo‘lishi xavotir uyg‘otadi», deb ogohlantirdi u. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil oxirida dunyoda 1,13 milliard odamda gipertoniya kasalligi mavjud bo‘lib, ularning taxminan 40 foizi o‘z kasalligi haqida bilmaydi va faqat 10 foizi davolanadi.

  • 21 Noyabr, 11:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech