17:00 (17.09.2025)

66

Kimlar kafolatlangan tibbiy paketdan foydalanadi?

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlangan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʼyxatini shakllantirish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomga koʼra, quyidagi shaxslar kafolatlangan paketga kiritilgan tasdiqlangan kasalliklar roʼyxati asosida statsionar tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega:

— Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari;

— Oʼzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar.

Kafolatlangan paket qanday shakllantiriladi?

Kafolatlangan paket tibbiy yordamning quyidagi turlari boʼyicha shakllantiriladi:

— shoshilinch tibbiy yordam;

— rejali tibbiy (shu jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya) yordam;

— palliativ tibbiy yordam.

Bunda bemorlarning statsionar sharoitda davolanishi tasdiqlangan tashxis qoʼyish va davolash standartlari hamda milliy klinik protokollar asosida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda Davlat byudjeti hisobidan davolanadigan kasalliklar roʼyxatiga muvofiq tashkil etiladi.

Kafolatlangan paketga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy buyumlar hamda reagentlar bilan taʼminlash choralari kiritiladi.

Kafolatlangan paketni shakllantirishda shoshilinch tibbiy yordamning hajmi cheklanishi mumkin emasligi hisobga olinadi.

Bunda shoshilinch yordam koʼrsatishni asossiz rad etgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Kafolatlangan paket ambulator tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari asosida ustuvor ravishda aholi orasida tarqalgan eng koʼp uchraydigan kasalliklar boʼyicha shakllantiriladi.

Kafolatlangan paketni shoshilinch tibbiy yordam hajmlari boʼyicha shakllantirishda quyidagi xarajat turlari hisobga olinadi:

— bemorni shoshilinch yordam koʼrsatiladigan joyga, shuningdek, shoshilinch yoki kechiktirib boʼlmaydigan koʼrsatmalar boʼyicha bir tibbiyot muassasasidan boshqasiga transportda olib borish, bemorga tashxis qoʼyish, uni davolash hamda zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;

— shoshilinch va kechiktirib boʼlmaydigan koʼrsatkichlar va holatlar boʼyicha tibbiyot muassasasida boʼlish hamda ovqatlanish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech