10:30 (22.09.2025)

767

Oddiy dori kutilmaganda xavfli oʻsmaga qarshi kuchli taʼsir koʻrsatdi

Dunyoda eng keng tarqalgan dori vositalaridan biri boʻlgan aspirin xavfli oʻsma) kasalliklarini davolashda kutilmagan darajada kuchli taʼsirga ega ekani aniqlandi.

The New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot shuni koʻrsatdiki: yoʻgʻon ichak (kolorektal) saratoni va maʼlum genetik oʻzgarishlar bilan ogʻrigan bemorlarda operatsiyadan keyin preparatning past dozasini (160 milligramm) har kuni qabul qilish kasallikning qaytalanish xavfini 55 foizga kamaytirdi.

Tadqiqot ALASCCA nomli klinik sinov asosida olib borilgan boʻlib, unda Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiyadagi 33 ta shifoxonadan 3,5 mingdan ortiq bemorlar ishtirok etgan. Olimlar esa diqqatni PIK3 signal uzatish yoʻli genlarida mutatsiya mavjud boʻlgan oʻsmalarga ega bemorlar guruhiga qaratgan. Bunday genetik oʻzgarishlar yoʻgʻon ichak saratoniga chalingan bemorlarning taxminan 40 foizida uchraydi. Aynan shu guruhda aspirin oʻsmalarida mutatsiya boʻlmaganlarga nisbatan sezilarli himoya taʼsirini koʻrsatgan.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, aspirinning taʼsir mexanizmi koʻp qirrali: yalligʻlanishni kamaytiradi, trombotsitlar faoliyatini bloklaydi va oʻsimta oʻsishi uchun qulay muhitni yoʻqotadi. Bu bemorning genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsiylashtirilgan terapiyada ayniqsa qimmatlidir.

Mualliflar ushbu natijalar global ahamiyatga ega boʻlishi mumkinligini alohida taʼkidlashmoqda. Aspirin deyarli har qanday mamlakatda mavjud boʻlib, zamonaviy xavfli oʻsmaga qarshi preparatlarga nisbatan ancha arzon turadi.Bu esa uni yoʻgʻon ichak charatonini davolash boʻyicha xalqaro klinik tavsiyanomalarga kiritish imkoniyatini yaratadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech