09:05 (18.09.2025)

51

Respublikada gripp va O‘RI bo‘yicha epidemik vaziyat qanday?

O‘zbekistonda O‘RI bilan kasallanish ko‘rsatkichlari epidemik bo‘sag‘adan (ko‘p yillik kasallanish ko‘rsatkichidan) 36,5 foizga pastligi kuzatilmoqda. 

Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Rossiya va qo‘shni mamlakatlarda o‘tkir respirator infeksiyalarning (O‘RI) sezilarli mavsumiy ko‘tarilishi fonida aviaqatnovlar, mehnat migratsiyasi, xizmat safarlari orqali kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalish xavfi mavjud.

O‘zbekistonda o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha epidemik vaziyat muntazam nazorat qilib borilmoqda. Gripp va O‘RI viruslarining aylanishini aniqlash maqsadida virusologik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

Sanepidqo‘mita tasarrufidagi 15 ta virusologiya laboratoriyalarida gripp va grippga o‘xshash kasalliklarni tashxislash amalga oshirilmoqda. O‘RI kasallanish ko‘rsatkichlari epidemik bo‘sag‘adan (ko‘p yillik kasallanish ko‘rsatkichidan) 36,5%ga pastligi kuzatilmoqda, deya ta’kidlanadi qo‘mita xabarida.

Mamlakatimizda kasallanishni yoshma-yosh tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich 0 - 1 yoshdagi bolalar o‘rtasida uchramoqda.

Hozirgi vaqtda respublikada gripp va O‘RI bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror va Sanepidqo‘mita tomonidan nazoratga olingan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech