12:00 (18.09.2025)

34

Xorazmda reimbursatsiya dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Yurtimizda aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi kabi surunkali kasalliklar tufayli "D" nazoratida turgan bemorlarga elektron retsept asosida dorixonalardan bepul beriladigan dori vositalari va ularning xarajatlarini qoplash maqsadida Reimbursatsiya dasturi ishga tushirildi. Va bu bosqichma –bosqich joriy etilmoqda.

Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasida  boshqarma boshligʻi, "Dori-Darmon" AK, “Xorazm Dori-Darmon” MCHJ, “Farm Lyuks Invest” MCHJ  va Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi vakillari ishtirokida DXSH bitimining ijrosi va Reimbursatsiya dasturini toʻliq qamrab olish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Bugungi kunda “Xorazm Dori-Darmon” MCHJ ga qarashli 52 ta dorixona va dorixona shoxobchalari Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etib , aholiga “elektron retsept” asosida 28 turdagi dori vositalari bepul berib kelinmoqda. Yaqin oylarda DPM larda joylashgan ijtimoiy dorixonalar sonini 107 taga yetkazish va ularni reimbursatsiya dasturiga ulash maqsad qilingan. Yigʻilishda ayni shu masalaga keng eʼtibor qaratildi, mavjud muammolar muhokama qilindi, kelgusida ularni bartaraf etish yuzasidan aniq rejalar ishlab chiqildi.  

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech