15:05 (18.09.2025)

58

Tibbiyot xodimlarining yarmidan koʻpi 2026-yilda ish joyini almashtirishni rejalashtirmoqda

Soʻrov natijalariga koʻra, AQSHda sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining yarmidan koʻp qismi ish joyini almashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. 

Coʻrov Harris Poll konsalting kompaniyasi tomonidan joriy yilning 26-iyunidan 21-iyuligacha boʻlgan davrda oʻtkazilgan. Unda bemorlar bilan bevosita ishlovchi 1504 nafar tibbiyot xodimi va 304 ta ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etgan.  Soʻroq natijalariga koʻra kasbiy charchoq  va mehnat sharoitidan qoniqmaslik keng tarqalgan. Shuningdek, kadrlar almashinuvi darajasi yuqori ekani ham qayd etilgan.

Olingan maʼlumotlar pandemiyadan soʻng sogʻliqni saqlash muassasalari duch kelayotgan kadrlar yetishmovchiligi va xarajatlarning oʻsishi sharoitida juda ahamiyatlidir.

Maʼlum boʻlishicha, tibbiyot xodimlarining 55 foizi 2026-yilda yangi ish izlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, soʻrovda qatnashganlarning 84 foizi hozirgi ish joyida oʻz mehnati yetarlicha qadrlanmayotganini taʼkidlagan. 

Bundan tashqari, faqat har beshinchi respondent ish beruvchi oʻz xodimlarining uzoq muddatli kasbiy rivojlanishiga qiziqish bildirishini aytib oʻtgan. 

AQSHning Sogʻliqni saqlash va tibbiy xizmatlarni boshqarish idorasi maʼlum qilishicha, 2037-yilga borib mamlakatda deyarli 700 ming nafar shifokor va hamshira yetishmasligi kutilmoqda. 

Mutaxassislar kasbiy charchoq va kadrlar tanqisligi yangi muammo emasligini tan olishmoqda, ammo hozirgi inqiroz holati ilgari kuzatilmagan darajaga yetgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech