Yangiliklar

not found

Demensiya rivojlanish xavfini 83% ga oshirishi mumkin boʻlgan holat maʼlum qilindi

Infeksion kasallik demensiya rivojlanish xavfini 83 foizga oshirishi mumkin. Bu xulosaga Singapur Milliy universiteti olimlari kelgan. Tadqiqot natijalari Aging jurnalida eʼlon qilingan. Sharhga toʻrt milliondan ortiq inson ishtirok etgan 16 ta tadqiqot natijalari kiritilgan. Olimlar statsionar davolanishni talab etgan infeksiyani boshdan kechirish va undan keyingi kognitiv salomatlik holati oʻrtasidagi uzoq muddatli bogʻliqlikni tahlil qilgan. Infeksiya sababli kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda demensiya rivojlanish xavfi har qanday sabab boʻyicha 83 foizga yuqori boʻlgan. Eng kuchli bogʻliqlik sepsis bilan, shuningdek, oʻpka yalligʻlanishi (pnevmoniya), siydik yoʻllari infeksiyalari, teri va yumshoq toʻqimalar infeksiyalarida kuzatilgan. Shu bilan birga, keyinchalik qon-tomir demensiyasi rivojlanish ehtimoli Alsgeymer kasalligiga nisbatan ancha yuqori ekani aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, ehtimoliy mexanizmlardan biri infeksiya tufayli yuzaga keladigan tizimli yalligʻlanish hisoblanadi. Yalligʻlanish molekulalari qon-miya toʻsigʻidan (qon aylanish tizimi va markaziy asab tizimi oʻrtasidagi fiziologik toʻsiq) oʻtib, toksik oqsillarning toʻplanishiga va neyronlarning nobud boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu jarayon ayniqsa keksa yoshdagi insonlarda kuchayishi mumkin, chunki ularning immun tizimi tiklanishi ancha sekin kechadi. Xavf kasalxonaga yotqizilganidan keyingi birinchi yil davomida eng yuqori boʻlgan, shu bilan birga koʻp yillar davomida yuqori darajada saqlanib qolgan. Kuzatuv davri oʻn yildan ortiq boʻlgan tadqiqotlarda esa infeksiyalar va demensiya oʻrtasidagi bogʻliqlik yanada aniqroq namoyon boʻlgan. Mualliflarning fikricha, bu natijalar kasalxonadan chiqarilgandan soʻng, keksa bemorlarda kognitiv salomatlikni monitoring qilib borish zarurligini koʻrsatadi. Demensiyani oldini olish strategiyalarida nafaqat genetika va turmush tarzi, balki oʻtmishdagi infeksiyalar ham uzoq muddatli xavf omillari sifatida hisobga olinishi kerak.

  • 28 Noyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

O‘zbekiston va Rossiya dori vositalarini markirovkalashni uyg‘unlashtirdi: yangi mexanizmning dastlabki natijalari

O‘tgan yil sentabr oyida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari dori vositalarining markirovka kodlari bo‘yicha axborot almashish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Ushbu qadam har ikki mamlakat farmatsevtika sohasining rivojlanishida muhim bosqich sifatida baholanib, bugungi kunda amaldagi ilk natijalarini ko‘rsatmoqda. Bitim dori vositalarini transchegaraviy yetkazib berishni soddalashtirish va milliy tizimlar — Rossiyaning Chestny Znak va O‘zbekistonning Asl Belgisi tizimida ro‘yxatdan o‘tgan raqamli kodlarni o‘zaro tan olish uchun texnologik asos yaratishga qaratilgan. Yangi mexanizmni amalda sinovdan o‘tkazish maqsadida Rossiyadan O‘zbekistonga markirovkalangan dori vositalarining birinchi signal partiyasi yetkazildi. Bojxona nazoratidan o‘tkazilgandan so‘ng preparatlar erkin muomalaga kiritildi va ularning kodlari Asl Belgisi tizimi tomonidan muvaffaqiyatli tarzda tan olindi. Importchi “Astor Alyans” kompaniyasi dori vositalarini O‘zbekiston dorixona tashkilotlariga yetkazib berdi. Barcha bosqichlarda – chegaradan o‘tishdan tortib dorixona rastalariga joylashtirishgacha – mahsulot harakatini to‘g‘ri va uzluksiz kuzatish amalda tasdiqlandi. Sinov natijalariga ko‘ra, “Chestnыy znak” tizimida qo‘llanilgan kodlarni tan olish mexanizmi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan va farmatsevtika bozorining barcha ishtirokchilari uchun foydalanishga tayyor holga keltirilgan. Shu bilan birga, milliy markirovka tizimi Asl Belgisi operatorы — CRPT TURON mutaxassislari mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori vositalarini yetkazib berish jadvallarini shakllantirmoqda. Ushbu preparatlar ham Rossiya Federatsiyasi hududida kodlarni tan olish jarayonidan o‘tkaziladi. Markirovka kodlarini o‘zaro tan olish davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, markirovkalanmagan yoki qalbaki dori vositalari aylanmasi xavfini kamaytiradi hamda dori vositalari sifatini samarali nazorat qilish imkonini beradi. Rakamli kuzatuv tizimi aholi salomatligini muhofaza qilish va farmatsevtika bozorida halol raqobatni rivojlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda. Shu bilan birga, yangi tartib faqat raqamli kodlarni tan olish jarayoniga taalluqli bo‘lib, bozor ishtirokchilarini davlat tomonidan belgilangan majburiy talablardan ozod etmaydi. O‘zbekiston va Rossiya qonunchiligida nazarda tutilgan ro‘yxatdan o‘tkazish, ekspertiza, sertifikatlashtirish va boshqa barcha tartib-taomillar o‘z kuchida qoladi.

  • 28 Noyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Dorixona xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan dorixona xodimlari va mudirlarining bilim va malakasini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir gibrid shaklda — onlayn va oflayn formatda amalga oshirilib, unda ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Seminar doirasida “Vantage Focus” MCHJ vakillari ham ishtirok etib, kompaniya faoliyati, dorilar importi, tarqatilishi va tibbiyot xodimlari uchun axborot-ma’rifiy ko‘mak berish yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim etdi. Ushbu kompaniyaning xalqaro tarmoqqa ega ekani va O‘zbekiston farmatsevtika bozorida faol ishtirok etishi qayd etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga shamollash mavsumida antivirus preparatlarini to‘g‘ri tavsiya qilish usullari, nojo‘ya vaziyatlarda dorixona xodimlarining harakat algoritmlari, shuningdek, “Novirin” preparatining tabletka va sirop shakllari haqida batafsil tushuntirish berildi. Mutahassislar preparatning protivovirus va immunomodulyator xususiyatlari, ORVI, gripp va gerpetik infeksiyalarda qo‘llanilishi hamda dozalashdagi muhim jihatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Shuningdek, o‘quv seminari doirasida “Dori-Darmon” AK tijorat direktori Ramil Abdulov kompaniyaning marketing va tijorat yo‘nalishlarida namunaviy faoliyati bilan ajralib turgan bir qator xodimlarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Albatta bu ularni kelgusi faoliyatida yanada yuksak natijalarga erishishiga rag‘batlantiradi.

  • 27 Noyabr, 17:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech