11:30 (30.12.2025)
167
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (25.12.2025-y. AV roʻyxat raqami 3735-son) bilan Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Oʻzbekiston hududida tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida ishlab chiqarilgan retsept boʻyicha beriladigan dori vositalariga tatbiq etiladi. U kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori moddalari, orfan preparatlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Referent narxlarni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Vakolatli organ etib Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi belgilandi, u hisobga olingan referent narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xronologik tartibda oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirib boradi.
Nizomda ariza berish va tekshirish muddatlari nazarda tutilgan, xususan, ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab ishchi organ ikki ish kuni ichida maʼlumotlarni tekshiradi, zarur hollarda ariza beruvchiga kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Axborot tizimi import qilinadigan retsept boʻyicha dori vositalari narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oladi va quyidagilarni avtomatik ravishda hisoblab chiqadi:
Shundan soʻng, axborot tizimi ariza beruvchining tanloviga koʻra hisoblangan qiymatlarning eng past qiymatini MB tomonidan ariza berilgan kundagi valyutalarning rasmiy kursi asosida AQSH dollari, yevro yoki Rossiya rublida referent narxlar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
Referent narxni shakllantirish tizimi – taʼsir etuvchi moddasi bir xil boʻlgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda va referent mamlakatlarda, "Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme" (PIC/S) xalqaro tashkilotiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarda va Oʻzbekiston Respublikasida dori vositasining shakli, qadoqdagi miqdori, dozasi, konsentratsiyasi, oʻlchami va qadogʻini hisobga olgan holda har bir savdo nomi uchun referent narxlarni tahlil qilish natijalari asosida hisobga olish tizimi.