Yangiliklar

not found

Saraton, infarkt va suyak sinishlari diagnostikasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport va kosmos sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbarining oktabr oyida qabul qilingan “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan yurtimizda bu borada zarur infratuzilma barpo etish hamda kadrlar tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, 2030-yilgacha strategiya tasdiqlanib, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida tegishli markaz ochildi. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish uchun zarur hisoblash infratuzilmasi barpo qilinmoqda. Jumladan, AQSHning “Nvidia” kompaniyasi bilan hamkorlikda super kompyuter klasterini ishga tushirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida sunʼiy intellekt boʻyicha 5 ta loyiha joriy qilinmoqda. Xususan, insult, koʻkrak saratonini sunʼiy intellekt yordamida aniqlash orqali diagnostika vaqti 80 foizga tejalib, hayot uchun xavfli holatlar barvaqt aniqlanmoqda. Prezidentimiz bu yetarli emasligi, sunʼiy intellekt yordamidagi diagnostikani ishlatish mumkin boʻlgan kasalliklar turini yanada kengaytirish zarurligini qayd etdi. Shu munosabat bilan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida jigar, oʻpka va prostata bezi saratoni, infarkt va murakkab suyak sinishlarini diagnostika qilishda tibbiy suratlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.

  • 2 Dekabr, 11:00
  • Batafsil
not found

10 oyda 2 tn 761 kg narkotik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan

Bugun Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Narkotik va o‘qotar qurollarni nazorat qilish Agentligi, SSV, DXX, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mutasaddilari ishtirokida ""Giyohvandlikka qarshi kurash: respublikadagi vaziyat, ko‘rilayotgan choralar va yangi strategiyalar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda narkojinoyatlar soni 2 baravarga, noqonuniy muomaladan olingan narkotiklar musodarasi 67 foizga oshgan bo‘lsa, sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 80 baravarga keskin ko‘paygan. 2024-yilda huquq-tartibot idoralarining sa’y-harakatlari natijasida 5 ta yashirin narkolaboratoriyalar faoliyatiga chek qo‘yilgan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 12 tani tashkil etgan. Joriy yilning 10 oyida respublikada 12 848 ta narkojinoyat aniqlanib, 2 tn 761 kg narkotik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan hamda iste’molga chiqib ketishining oldi olingan. Mazkur tahdidlarni bartaraf etish hamda “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida giyohvandlikni oldini olish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Matbuot anjumanida rejada belgilangan muhim yo‘nalishlar yuzasidan davlat idoralari va mas’ul tashkilotlarning vazifalari bayon etildi. Ushbu reja xavf guruhidagi o‘smirlarni barvaqt aniqlash choralarini kuchaytirish, ta’lim muassasalari va oilalarda profilaktikani mustahkamlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirish, giyohvand moddalar tarqatishning yangi usullari va sxemalarini, shuningdek giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Unda barqaror profilaktika mediamuhitini yaratish, tahdidlarni aniqlash bo‘yicha raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, mahalla, NNT va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kengaytirish, shuningdek uyushgan guruhlar va giyohvandlik biznesining “quyi bo‘g‘ini” faoliyatini qat’iy va maqsadli tarzda cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

  • 1 Dekabr, 15:48
  • Batafsil
not found

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi

O‘zbekistonda elektron sigaretalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. 27 noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish, O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha (123,6 million so‘mdan 206 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi. Bundan tashqari, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi. Avvalroq elektron sigaretalar yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazishi haqida ma’lumot bergandik.

  • 1 Dekabr, 13:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech