11:44 (27.11.2025)

235

Aksiyadorlik jamiyati direktorining fidutsiar majburiyatlari aniqlashtirildi

Qonun (O‘RQ–1097-son, 27.11.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning hukuqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

 Unga ko‘ra, jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining 50 foizidan ortig‘iga egalik qiluvchi yoxud ovoz beruvchi aksiyalari miqdori jamiyatning boshqa har bir aksiyadori ulushiga nisbatan ko‘p hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan aksiyador majoritar aksiyador deb e’tirof etiladi.

 Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, jamiyat direktori, boshqaruv a’zolari hamda ishonchli boshqaruvchining fidutsiar majburiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:

???? vazifa va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va aksiyadorlar manfaatlarini eng ko‘p aks ettiruvchi usullardan foydalanish;

???? jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab foydalanmaslik;

???? jamiyatning asosiy faoliyati yo‘nalishlariga xos bo‘lgan sohadagi tadbirkorlikni jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz amalga oshirmaslik;

???? qonunchilikka, jamiyatning ichki hujjatlariga va shartnomaga muvofiq jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmaslik;

???? o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish evaziga moddiy qimmatliklar olmaslik.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech