17:45 (27.11.2025)

224

Dorixona xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan dorixona xodimlari va mudirlarining bilim va malakasini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir gibrid shaklda — onlayn va oflayn formatda amalga oshirilib, unda ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Seminar doirasida “Vantage Focus” MCHJ vakillari ham ishtirok etib, kompaniya faoliyati, dorilar importi, tarqatilishi va tibbiyot xodimlari uchun axborot-ma’rifiy ko‘mak berish yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim etdi. Ushbu kompaniyaning xalqaro tarmoqqa ega ekani va O‘zbekiston farmatsevtika bozorida faol ishtirok etishi qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga shamollash mavsumida antivirus preparatlarini to‘g‘ri tavsiya qilish usullari, nojo‘ya vaziyatlarda dorixona xodimlarining harakat algoritmlari, shuningdek, “Novirin” preparatining tabletka va sirop shakllari haqida batafsil tushuntirish berildi. Mutahassislar preparatning protivovirus va immunomodulyator xususiyatlari, ORVI, gripp va gerpetik infeksiyalarda qo‘llanilishi hamda dozalashdagi muhim jihatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, o‘quv seminari doirasida “Dori-Darmon” AK tijorat direktori Ramil Abdulov kompaniyaning marketing va tijorat yo‘nalishlarida namunaviy faoliyati bilan ajralib turgan bir qator xodimlarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Albatta bu ularni kelgusi faoliyatida yanada yuksak natijalarga erishishiga rag‘batlantiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech