15:00 (28.11.2025)
197
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi "Byurokratiyani bartaraf etish" forumida davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi :
✔️ Davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshirildi, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkich 1,5 mingtaga yetkaziladi.
✔️110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilish to‘liq bekor qilinadi.
✔️100 dan ortiq xizmatlar muddatlari 50 foizgacha qisqartiriladi.
✔️Davlat xizmatlari portali, "Lisenziya" tizimi va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkaziladi.
✔️Elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejaladi.
✔️Lisenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmat soddalashtiriladi.
✔️4 ta kommunal tarmoqqa (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya) yagona ariza orqali ulanish imkoniyati yaratiladi.
✔️"Qog‘ozsiz hukumat" tizimiga to‘liq o‘tish maqsadida mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi.
✔️Proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi.
✔️Byurokratiyani bartaraf etishga oid eng ilg‘or taklif kiritgan faol fuqarolar va idoralar 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi.
2023–2030-yillarda O‘zbekiston qog‘ozbozlikdan xoli, tezkor, qulay, inson manfaatlariga asoslangan raqamli davlatga aylanadi. Fuqaro, tadbirkor va davlat o‘rtasidagi barcha jarayonlar minimal vaqt, minimal hujjat va maksimal shaffoflik bilan amalga oshadi.