Yangiliklar

not found

Rossiyada bolalar uchun onkosugʻurtaga talab bir yil ichida 5 baravarga oshgan

Soʻnggi yilda Rossiyada bolalar uchun onkosugʻurta polislariga boʻlgan talab keskin oshdi — 2025-yilning birinchi yarmida 1 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar orasida sugʻurta qilinganlar soni oʻtgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 5 baravarga koʻpaygan. Bu haqda "Rosgosstrax" kompaniyasining shaxsiy sugʻurta boʻyicha departamenti maʼlum qilgan.  Mutasaddilarning qayd etishicha, rak soʻnggi yillarda "yosharmoqda" — bu kasallik faqat qariyalarniki emas, balki 50 yoshdan kichik insonlar, hatto bolalar va oʻsmirlar orasida ham tobora koʻproq qayd etilmoqda. Jahonda har yili 400 mingdan ortiq bolalar onkologiyasi holatlari aniqlanadi. Baʼzi oʻsmalar juda tez oʻsishi tufayli, erta tashxis va oʻz vaqtida davolash muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.  Bugungi kunda onkosugʻurta polislari na faqat davolanish xarajatlarini (8 million rublgacha) qoplashni, balki tashxis qoʻyilganida bir martalik toʻlov (200 ming rubl), shaxsiy vrach-kurator kuzatuvi va reabilitatsiyani ham oʻz ichiga oladi. Agar davolanish xorijiy klinikalarda amalga oshirilsa, sugʻurta toʻlovlari 25 million rublgacha yetishi mumkin.  Ota-onalar bolalar uchun sugʻurta polisini, odatda, butun oila uchun toʻplam sifatida sotib olishmoqda. Bu polislar kattalarnikiga nisbatan ancha arzon: kattalar uchun oylik toʻlov 600–2000 rubl atrofida boʻlsa, bolalar uchun bu miqdor 300–600 rublni tashkil etadi. Anna Yelfimova, docdeti klinikasi onkolog shifokorining taʼkidlashicha: “Hozirgi kunda ham shifokorlar, ham ota-onalarning onkologik kasalliklar toʻgʻrisidagi xabardorligi ortgan. Bu esa tashxisni erta qoʻyish va davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Soʻnggi yillarda bolalar onkologiyasida immunoterapiya, targetli terapiya va hujayraviy texnologiyalar singari zamonaviy usullar joriy etilmoqda. Ular davolash samaradorligini yanada oshirmoqda.”  Mutasaddilar taʼkidlashicha, vaqtinchalik sarf qilingan sugʻurta toʻlovi bola hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin.

  • 16 Sentyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

Yashirin omborlarda saqlanayotgan qalbaki “Geparin”, “Aktovegin”, “Xilak forte”, “Ursofalk” kabi dorilar fosh qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyat bojxona boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarini jalb qilgan holda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali. Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Uychi tumanida yashovchi, 1985, 1992 va 1993-yillarda tugʻilgan 3 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, kontrafakt va sifat sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanayotgani fosh qilingan. Shundan soʻng, ularga tegishli boʻlgan Namangan shahri va Uychi tumanidagi 5 ta manzildagi mavjud yashirin omborlar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan hamda tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan, taxminiy qiymati 7,2 milliard soʻmlik 1 ming 267 turdagi jami 102 ming 640 quti kontrafakt dori vositalari (“Geparin”, “Aktovegin”, “Xilak forte”, “Ursofalk” va boshqalar) mavjudligi aniqlangan. Tezkor tadbir davomida ushbu dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. Bundan tashqari, rasmiylashtiril dori vositalari orasida tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan “Testosteron” va “Retabolil” nomli preparatlar mavjudligi ham fosh boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, mazkur kontrafakt dori vositalari mamlakatimizga Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3 va 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rejalashtirilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

  • 15 Sentyabr, 16:15
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech