13:00 (11.09.2025)

45

Dunyo aholisining qariyb yarmi oʻzida diabet borligini bilmaydi – tadqiqot

Dunyo boʻyicha odamlarning 40 foizidan ortigʻi oʻzida diabet borligini bilmaydi. Bu haqda “The Lancet Diabetes & Endocrinology” jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda soʻz boradi. 

The Lancet Diabetes & Endocrinology jurnalida 2000−2023 yillar oraligʼida 204 ta mamlakatda qandli diabet boʼyicha toʼplangan maʼlumotlarga asoslangan keng qamrovli tadqiqot natijalari eʼlon qilindi. Unga koʼra, 2023 yilda 15 yoshdan katta kattalarning deyarli yarmi — taxminan 44 foizi — oʼzlarida ushbu kasallik mavjudligidan bexabar boʼlgan. Аyniqsa, yoshlar orasida diabetga tashxis qoʼyish koʼp hollarda oʼtkazib yuboriladi, xolbuki aynan shu yoshda qondagi shakar miqdorini nazorat qilish ogʼir asoratlarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Tashxis qoʼyilgan bemorlarning 91 foizi dori vositalari qabul qilgan boʼlsa-da, faqat 42 foizigina qondagi shakar miqdorini belgilangan meʼyorda ushlab tura olgan. Natijada, butun dunyo boʼylab qandli diabetga chalingan har beshinchi insongina — atigi 21 foiz — kasallikni yetarlicha nazorat qila olyapti.

Oxirgi yigirma yil ichida erishilgan ijobiy oʼzgarishlarga qaramasdan, tadqiqot natijalari diagnostika va davolashda, ayniqsa, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda sezilarli mintaqaviy farqlarni aniqladi. 

35 yoshdan kichik odamlarda oʼrta va katta yoshdagilarga qaraganda diabet ancha kam aniqlangan. Yoshlar orasida diabet borligini bilganlar atigi 20 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, diabetni erta aniqlash muhim, chunki bu vaqtida davolashni boshlash imkonini beradi va yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, asab tizimi shikastlanishi hamda koʼrish qobiliyatini yoʼqotish kabi uzoq muddatli asoratlarning oldini oladi yoki kechiktiradi.

Diabet alomatlariga chanqoqlik yoki ishtahaning oshishi, koʼrishning yomonlashuvi, kutilmagan vazn yoʼqotish va charchoq kiradi. Аmmo kasallikning dastlabki bosqichlarida koʼpchilikda hech qanday alomat boʼlmaydi, bu esa skrining va diagnostikaning ahamiyatini oshiradi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda dunyo boʼyicha diabet bilan ogʼriganlarning qariyb 40 foizi davolanish orqali optimal natijalarga erishib, qondagi shakar miqdorini pasaytirishga muvaffaq boʼlgan. Shu sababli tashxis qoʼyilgach, imkon qadar koʼproq odam toʼgʼri davolanishi va unga rioya qilishi muhim. Diabet bilan ogʼrigan odamlarda, ehtimol, gipertoniya yoki surunkali buyrak kasalligi kabi boshqa sogʼliq bilan bogʼliq muammolar ham boʼlishi mumkin, bu esa davolashni murakkablashtiradi.

2050 yilga borib dunyo boʼylab taxminan 1,3 milliard nafar inson qandli diabet bilan yashashi mumkin. Аgar ularning deyarli yarmi oʼz kasalligidan bexabar boʼlsa, bu holat «sokin yepidemiya»ga aylanish xavfini tugʼdiradi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti 2030 yilgacha bemorlarning kamida 80 foiziga aniq tashxis qoʼyilishini maqsad qilib qoʼygan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech