Yangiliklar

not found

Elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi binosida elektron retsept tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash, Raqamli texnologiyalar va Adliya vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, shuningdek, Toshkent shahridagi dorixonalar mas’ul xodimlari, xususan "Dori-Darmon" AK mas’ullari ishtirok etdi.  Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8 sentabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 570-son qarori mazmun mohiyati, elektron retsept tizimining joriy etilishi, amaliyotda qo‘llanilishi hamda dorixonalar faoliyatiga oid litsenziya shartlariga kiritilgan yangiliklar, qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar va dorixonalarda ushbu tizim bilan ishlashning afzalliklari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq 2025-yil 10 dekabrdan boshlab, Toshkent shahri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19 maydagi PF-88-son Farmoniga muvofiq tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman, shaharlardagi barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini bemorlarga tayinlashda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha (agar mavjud bo‘lsa) elektron retsept rasmiylashtirilishi belgilangan. Seminar davomida dorixona vakillari elektron retsept tizimini joriy etish bilan bog‘liq mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashishdi hamda takliflar berishdi. Shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

  • 20 Oktyabr, 14:26
  • Batafsil
not found

JSST: Dunyo aholisining har uchinchisi nevrologik buzilishlardan aziyat chekmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) xavotirli maʼlumotlarni eʼlon qildi: dunyo boʻylab 3 milliarddan ortiq inson nevrologik buzilishlar bilan yashamoqda, har yili esa 11 milliondan ziyod inson miya faoliyatiga taʼsir qiluvchi kasalliklar tufayli vafot etmoqda. JSST hukumatlarni nevrologik salomatlikni saqlashga qaratilgan investitsiyalarni jadallashtirishga va tibbiy xizmatlarga yetarli darajada yetishishni taʼminlashdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga chaqirmoqda. Tashkilot hisobotiga koʻra, Yer yuzi aholisining taxminan 40 foizi bir yoki bir nechta nevrologik buzilishlardan aziyat chekmoqda. Oʻlim va nogironlikka eng koʻp olib keladigan 10 ta nevrologik kasallik qatoriga quyidagilar kiradi: • insult, • migren, • Alsgeymer kasalligi va demensiyaning boshqa turlari, • meningit, • sababi nomaʼlum boʻlgan epilepsiya. Shu bilan birga, structural (tarkibiy), moliyaviy va ijtimoiy toʻsiqlar bu kasalliklarga qarshi kurashda toʻsqinlik qilmoqda. JSST taʼkidlashicha, jamiyatdagi keng tarqalgan notoʻgʻri tushunchalar va stereotiplar koʻplab odamlarni zarur tibbiy yordam soʻrashdan tiyib turadi. JSST taʼkidlashicha, kam daromadli mamlakatlarda nevrolog shifokorlar soni rivojlangan davlatlarga nisbatan 80% kam. Bu esa millionlab insonlar uchun oʻz vaqtida qoʻyiladigan tashxis, samarali davo va muntazam kuzatuvning mavjud emasligini anglatadi. Hozirda faqat 63 ta davlatda nevrologik kasalliklarni davolash boʻyicha milliy strategiya mavjud va atigi 34 ta davlatda ushbu sohani maxsus moliyalashtirish koʻzda tutilgan. “Agar shoshilinch choralar koʻrilmasa, nevrologik kasalliklar yuki ortib boraveradi”, — deyiladi JSST xabarida. Hisobotda mamlakatlar shoshilinch ravishda ushbu sohani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi, muntazam investitsiyalar kiritishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini kengaytirishi, miya salomatligini targʻib etishi va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilash maqsadida monitoringni kuchaytirishi zarurligi qatʼiy taʼkidlangan.

  • 20 Oktyabr, 10:30
  • Batafsil
not found

Dorixonalarning “Zarur dorixona amaliyoti” standarti talablari asosida jihozlash uchun yig‘imlar masalasida senator so‘rovi yuborildi

Mamlakatimizda aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan taʼminlash maqsadida “Zarur dorixona amaliyoti” (GPP – good pharmacy practice) standarti ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026-yil 1-yanvarga qadar esa boshqa dorixonalar sertifikat olishi zarur. Sertifikat Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan beriladi. Bunda Markaz xodimlari dorixonalar faoliyatini joyiga chiqib tekshiradi, belgilangan talablarga javob bergan dorixonalarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi. Amaliyotda esa dorixonalar ushbu sertifikatni olish uchun 8,5 mln so‘mgacha majburiy to‘lov to‘lashga majbur bo‘lmoqda, har 9 oyda o‘tkaziladigan navbatdagi inspeksiya tekshiruvi uchun esa qo‘shimcha 3,2 mln so‘m to‘lov undirilmoqda. Bu esa, jamoatchilik va tadbirkorlar orasida katta norozilikka sabab bo‘lmoqda. Jumladan, ko‘plab dorixona egalari buni qonun bilan belgilanmagan majburiy yig‘im sifatida baholamoqda. Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan tekshiruvlarda qo‘yilayotgan talablar litsenziya talablari bilan deyarli bir xil bo‘lib, ortiqcha byurokratik yuk va takrorlanuvchi nazorat choralarini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar dorixonalarda sanitariya va gigiyena talablarini taʼminlash bo‘yicha ortiqcha qog‘ozbozlik ko‘payganidan, xona haroratini aniqlovchi termometr uskunalarini har yili qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha ham qo‘shimcha to‘lovlar talab etilayotganidan o‘z noroziligini bildirmoqda. Ortiqcha maʼmuriy yuk va majburiy yig‘imlar bilan bog‘liq bunday holatlarga o‘z vaqtida eʼtibor qaratilmasa, bu farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga va davlat organlariga bo‘lgan ishonch darajasiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovga senator so‘rovi yubordi. Senator ushbu Agentlik direktoridan GPP sertifikati uchun to‘lovlar qanday hisob-kitoblarga ko‘ra shakllantirilganligi, undirilgan to‘lovlar qayerga sarflanayotgani yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ragan. Shuningdek, senator GPP sertifikati uchun majburiy to‘lov undirish buyrug‘i bekor qilinsa, GPP sertifikatini joriy qilish bo‘yicha kelgusida qanday choralar ko‘riladi hamda GPP sertifikatini olgan tadbirkorlardan undirilgan to‘lovlar taqdiri nima bo‘ladi, degan masalalarni ham qo‘ygan.

  • 17 Oktyabr, 17:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech