12:02 (14.05.2025)

30

Bakteriyalar va viruslar inson tanasidan tashqarida qancha vaqt yashaydi?

Bakteriyalar va viruslarning yashash muddati ularning turiga va ular-joylashgan yuzasiga bog‘liq.

Shamollashni keltirib chiqaruvchi viruslar Shamollashni keltirib chiqaruvchi viruslar yopiq sirtlarda 7 kundan ortiq yashashi mumkinligi isbotlangan. Umuman olganda, viruslar g‘ovakli yuzalarga ( mato va to‘qimachilik buyumlari) qaraganda zanglamaydigan po‘lat va plastmassa kabi silliq (suvga chidamli) sirtlarda uzoqroq yashaydi. Shamollashni keltirib chiqaruvchi viruslar-yuzada bir necha kun yashashi mumkin bo‘lsa-da, kasallik keltirib chiqarish qobiliyati 24 soatdan keyin pasayishni boshlaydi.

Ko‘pgina viruslar qo‘llarning yuzasida kamroq yashaydi, ammo umumiy shamollash qo‘zg‘atuvchi rinoviruslarning 40% qo‘lda bir soat davomida yuqumli bo‘lib qoladi. Ba’zida bolalarda og‘ir kasallikka olib keladigan respirator sinsitial virusi (RSV) ovqatlanish stolida 6 soatgacha, mato va qog‘ozda - 30-45 daqiqa, terida - 20 daqiqagacha yashashi mumkin.

Gripp viruslari Qattiq sirtlarda ular 24 soat yashashi mumkin. Gripp viruslari matoda atigi 15 daqiqa yashay oladi. Gripp viruslari havodagi namlik tomchilarida bir necha soat, past haroratlarda esa uzoqroq yashashi mumkin.

Bolalarda krup (nafas yullari o‘tkir infeksiyasi)paydo bo‘lishiga olib keladigan paragripp virusi qattiq sirtda 10 soat, yumshoq yuzada esa 4 soatgacha yashashi mumkin.

Ichak infeksiyalari Ichak infeksiyalarining qo‘zg‘atuvchisi turli mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin, jumladan E. coli, Salmonella, Clostridium difficile va Campylobacter kabi bakteriyalar, shuningdek norovirus va rotavirus kabi viruslar. Salmonella va Campylobacter qattiq yuzalar va matolarda taxminan 1-4 soat yashashi mumkin, norovirus va Clostridium difficile esa ancha uzoqroq yashashi mumkin. Bir tadqiqotga ko‘ra, Clostridium difficile besh oygacha hayotiyligini yo‘qotmaydi. Norovirus qattiq sirtlarda bir necha kundan hafta davomida yashashi mumkin. Ichak infeksiyalari tarqalishining oldini olish uchun shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish kerak.

MRZS (metitsillinga chidamli oltin stafilokokklar) Oltin stafilokokklar, MRZS infeksiyasini keltirib chiqaradigan bakteriyalar yuzalarda bir necha kun yoki hatto haftalar davomida yashashi mumkin. MRZS bakteriyalari ba’zi bakteriyalar va viruslarga qaraganda sirtlarda uzoqroq yashashi mumkin, chunki ular namliksiz yaxshi yashaydi. MRZS bakteriyalari odatda qattiq sirtlarda yumshoq sirtlarga qaraganda uzoqroq yashaydi.

Gerpes Gerpes viruslari plastmassada to‘rt soat, matoda uchta va terida ikki soat yashashi mumkin. Agar sizda gerpes toshmasi paydo bo‘lsa, pufakchalarga tegmang.

COVID-19 Narsa, buyumlar yuzasida — 22 daraja iliq havo va 40 foiz namlikda bir necha soatdan besh kungacha saqlanadi. Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz. Virus 56 darajagacha qizdirilganda 15 daqiqa ichida halok bo‘ladi.

OITS Havoda bir necha daqiqa. Ishlatilgan shpritslarda, 22 darajadan 37 gacha bo‘lgan haroratda, 7 kungacha. Dezinfeksiya vositalariga chidamsiz. 56 darajagacha qizdirilganda 30 daqiqa faol, qaynatilganda 1 daqiqadan so‘ng halok bo‘ladi.

Rotaviruslar Vodoprovod suvida ikki oygacha. Atrof-muhit yuzalarida 45 kungacha, meva va sabzavotlar sirtida 5 kundan 30 kungacha saqlanadi. Dezinfeksiya vositalariga chidamli, 50 darajagacha bo‘lgan issiqlikka bardosh bera oladi va hatto xlorlangan suvda o‘lmaydi.

Qizamiq Muhitdagi sirtlar va havodagi -15 va undan past haroratlarda bir necha hafta davomida, xona haroratida bir necha soat tirik qoladi xolos. Virus ultrabinafsha nurlari va kunduzgi yorug‘lik ta’sirida nobud bo‘ladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech