08:35 (14.05.2025)

28

2025-yilning I-choragida 8 mlrd, 724 mln. so‘mlik dori vositalari bepul berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yildagi 204-son qarori bilan Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan 14 toifadagi shaxslar ro‘yxati belgilangan.

2025-yil 1-choragi davomida mazkur ro‘yxatdagi shaxslarga kompaniyamiz va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 7 mlrd, 446 mln so‘mdan ortiq dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-choragi davomida kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali jami 1 mlrd, 278 mln. so‘mlik dori vositalari bemorlarga elektron retsept orqali bepul berildi.

Ma’lumot uchun: Reimbursatsiya dasturi doirasida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar oilaviy shifokorlariga murojaat etib, elektron retsept asosida dorixonalardan 27 turdagi dori vositalarini bepul olishlari mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech