14:50 (12.05.2025)

56

Diabetni erta aniqlovchi ignasiz qurilma yaratildi

Yaponiyalik olimlar qandli diabetni og‘riqsiz va ignasiz aniqlaydigan yangi usulni yaratishdi.

Bu usul inson organizmidagi shakar miqdorining kundalik o‘zgarishlarini maxsus qurilma orqali kuzatadi va kasallik xavfi haqida erta ogohlantiradi. Bu haqidagi tadqiqot natijasi «Communacation Medicine» jurnalida maqola chop etildi.

Tokio universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan bu texnologiya maxsus «uzluksiz glyukoza nazorati» (CGM) qurilmasidan foydalanadi. Bu qurilma organizmdagi shakar miqdorini kun bo‘yi kuzatib boradi. Odatda diabet testlari uchun qon olish kerak bo‘ladi, ammo bu usulda bunday og‘riqli amaliyot talab etilmaydi.

Tadqiqotda qatnashgan sog‘lom odamlarda maxsus algoritm yordamida shakar miqdorining tebranishi tahlil qilindi. Bu natijalar asosida olimlar kasallik boshlanishidan ancha oldin shakar boshqaruvida muammo borligini aniqlay olishdi. Ya’ni, oddiy testlarda sog‘lom deb topilgan odamlar aslida diabet xavfiga ega ekani ma’lum bo‘ldi.

Yangi usul hatto yurak xastaligi kabi diabet asoratlarini ham oldindan bashorat qilishda foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, olimlar bu tahlilni mustaqil ravishda bajarish uchun veb-ilova ham yaratishdi. Endilikda har kim ushbu qurilma va dastur orqali shakar miqdorini tekshirishi, xavfni erta bilib, chora ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Mutaxassislar fikricha, bu texnologiya diabetni erta aniqlash va uning og‘ir asoratlarining oldini olishda katta imkoniyatlar yaratadi. Eng asosiysi — bu usul ignasiz, qulay va hammaga tushunarli.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech