09:39 (12.05.2025)

108

Bugun Xalqaro hamshiralar kuni

Jahonda har yilning 12-mayi — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ham professional hamshiralar faoliyatining asoschisi Florens Naytingeylning tavallud kuni sharafiga belgilangan bu sanada o‘rta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati e’tirof etiladi. Ularga e’zozu ehtirom ko‘rsatiladi.

Hamshiralar shifokorlarning muhim yordamchilaridir, chunki ular butun davolanish davrida bemor bilan bevosita ishlaydi, shirin so‘zi bilan malham bo‘ladi.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha hamshiralarni, o‘rta tibbiyot xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech