08:45 (13.05.2025)

56

Davlat tibbiyot muassasalarining pullik xizmatlari arzonlashadi

Moliya va iqtisodiyot vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarini moliyalashtirish tartibining 8-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi (07.05.2025 y. davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 3603-1-son) qo‘shma qarori qabul qilindi.

O‘zgartirishga ko‘ra, pullik tibbiy xizmatga to‘lovning eng ko‘p qiymati davolash-profilaktika muassasasi tomonidan byudjet mablag‘lari hisobiga ko‘rsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatining 20 foizidan oshmasligi kerak. Ilgari bu ko‘rsatkich 25 foiz qilib belgilangan edi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2025-yildan kuchga kirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech