News

not found

Sovuqlik zanjiri nima va u qanday ishlaydi?

Dori vositalarini tashish vakolatli, litsenziyaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Tashish jarayonida majburiy shart sovuqlik zanjiri deb ataladigan qoidaga rioya qilishdir. Sovuqlik zanjiri- noyob tizim, jarayondir. U bir vaqtning oʼzida bir nechta asosiy elementlarni oʼz ichiga oladi, ularsiz dori vositalarini tashishni toʼgʼri tashkil etish mumkin emas.  Bular statsionar sovutish moslamalari, transport vositalari, konteynerlar va boshqa yordamchi uskunalardir. Vaktsinalar va boshqa dorilar uchun yaxshi tashkil etilgan sovuqlik zanjir ularni buzilmasdan yetkazib berish imkonini beradi. Farmatsevtika mahsulotlarini tashishda ishlab chiqaruvchi kompaniyaning tavsiyalarini inobatga olgan holda sovuqlik zanjiriga rioya qilinishi kerak. Faqatgina toʼgʼri harorat rejimi bilan dorilarning foydali xususiyatlarini saqlab qolish mumkin. Haddan tashqari muzlash yoki qizib ketish farmatsevtika mahsulotlarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, faqat zarur jihozlar va malakali xodimlarga ega boʼlgan, ixtisoslashtirilgan, litsenziyaga ega tashkilotlargina dori vositalarini tashish bilan shugʼullanishi mumkin. Ixtisoslashgan kompaniyalarda dori vositalarini tashishda quyidagilar qoʼllaniladi: issiqlik regulyatorlari; sovutish moslamalari; konteynerlar. Barcha jihozlar majburiy tekshiruvdan oʼtadi. Dori-darmonlarni tashish uchun mos ekanligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Sovuqlik zanjirida bir necha darajalar va bosqichlar mavjud. Dori vositalari sovuqlik zanjiri asosida: omborxonalarga yetkazib beriladi. farmatsevtika kompaniyalariga qarashli kichik omborlarga tarqatiladi. dorixonalarga yetkazib beriladi. kasalxonalarga va boshqa tibbiy muassasalarga tashiladi. Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, dori vositalarini ishlab chiqarishdan tortib, aholiga yetkazilgungacha boʼlgan jarayonda sovuqlik zanjiri juda muhim.    

  • 15 May, 15:31
  • Read more
not found

Dori vositalari narxlari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qoʼyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 188-son qarori qabul qilindi. Prezidentning 04.04.2023 yildagi “Аholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-110-son qaroriga muvofiq, Yagona axborot tizimi orqali nazarda tutilgan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qoʼygan holda sotish toʼgʼrisida murojaatlarni qabul qilish va koʼrib chiqish, shuningdek huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʼbatlantirish tartibi tasdiqlangan. 2023 yil 1 iyundan boshlab “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish va ishlov berish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʼbatlantirish amalga oshiriladi. Bunda axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʼtkazish uchun asos boʼladi. Murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda koʼrib chiqiladi. Murojaat bergan shaxs tasdigʼini topgan qonun buzilishi holatlari boʼyicha quyidagi miqdorlarda mukofot oladi: maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi va jinoyatlar uchun BHMning 5 baravarigacha miqdorda.

  • 15 May, 09:26
  • Read more
not found

Hamshiralar kasb bayramiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi

12 mayi — Xalqaro hamshiralar kuniga bagʼishlangan asosiy bayram tadbiri poytaxtimizdagi Аlisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʼlib oʼtdi. Marosim avvalida ayni paytda Аmerika Qoʼshma Shtatlarida xizmat safarida boʼlib turgan Sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatovning ishtirokchilarga yoʼllagan bayram videotabrigi namoyish etildi. “Bugun sohadagi barcha yangilanishlar xalqimizni rozi qilishga qaratilgan. Tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. “Inson qadri uchun” degan tamoyil faoliyatimizda bosh mezonga aylangan. Аna shu ezgu maqsadlarni roʼyobga chiqarishda Siz, hamshiralarning ham munosib hissangiz bor, albatta”, — dedi vazir oʼz tabrigida. Darhaqiqat, fidoyi oʼrta tibbiyot xodimlari sogʼliqni saqlash sohasining tayanchi va suyanchiga aylangan, desak mubolagʼa boʼlmaydi.  Tadbirda “Yilning eng yaxshi hamshirasi” koʼrik-tanlovi gʼoliblari hamda 15 ta nominatsiya boʼyicha “Yilning eng yaxshi oʼrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovining sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi. Tanlovning Respublika bosqichida 1,2,3-oʼrinlarni qoʼlga kiritgan hamshiralar tibbiyot oliy oʼquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin boʼladi. Dastlab, 15 ta nominatsiya boʼyicha “Yilning eng yaxshi oʼrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovining birinchi, ikkinchi va uchinchi oʼrin sovrindorlariga "Sogʼliqni saqlash aʼlochisi" koʼkrak nishoni va esdalik sovgʼalari tantanali ravishda topshirildi. Yilning eng yaxshi farmatsevtlari:  1-oʼrin. Mehriban Kabulova. Qoraqalpogʼiston Respublikasi;  2-oʼrin. Shahlo Roʼzmetova. Xorazm;  3-oʼrin. Muborak Karimova. Namangan. Shundan soʼng “Hamshira — 2023” tanlovining respublika bosqichi gʼoliblari eʼlon qilindi. 1-oʼrin. Karaeva Mushtariybonu Maʼrufjon qizi — Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy koʼp tarmoqli poliklinika pulьmonolog-hamshirasi; 2-oʼrin. Boltaeva Fayoza Faxriddin qizi — Muborak tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʼlimi navbatchi hamshirasi; 3-oʼrin. Mamasiddiqova Lobar Ziyadilla qizi — Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-oilaviy poliklinika filiali umumiy amaliyot hamshirasi. Bellashuvning hududiy bosqichlarida birinchi oʼrinni qoʼlga kiritgan 14 nafar soha xodimiga “Oʼzbekiston Respublikasining sogʼliqni saqlash aʼlochisi” koʼkrak nishoni topshirildi.

  • 12 May, 12:48
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech