Yangiliklar

not found

Antidepressantlar Parkinson kasalligini sekinlashtirishi mumkin — olimlardan yangi tadqiqot

Olimlar olib borgan yangi tadqiqotlar ayrim antidepressantlar nafaqat ruhiy holatni yaxshilash, balki Parkinson kasalligining rivojlanishini sekinlashtirishda ham foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Parkinson kasalligi — markaziy asab tizimining surunkali kasalligi bo‘lib, u asosan harakat buzilishlari, qo‘l-oyoq titrashi, sekin harakatlanish va fikrlash qobiliyatining pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallikning asosiy sabablaridan biri miya hujayralarida α-sinuklein deb ataluvchi oqsilning to‘planishidir. Bu jarayon neyronlarga zarar yetkazib, dofamin ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Qozon ilmiy markazi olimlari ushbu oqsilga ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalarini o‘rganishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tritsiklik antidepressantlar — imipramin, amitriptilin va doksepin — α-sinukleinning zararli shaklga aylanishini to‘xtatishi mumkin. Ayniqsa, imipramin eng yuqori samara ko‘rsatgan. Ilmiy ish jarayonida zamonaviy usullar — YAMR spektroskopiyasi va molekulyar modellashtirish qo‘llanildi. Olimlar aniqlashicha, antidepressant molekulalari oqsil bilan bir nechta yo‘l orqali bog‘lanib, uni barqaror holatda saqlaydi va to‘planishini sekinlashtiradi. Muhim jihati shundaki, bu dori vositalari tibbiyotda uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinadi va xavfsizligi yaxshi o‘rganilgan. Shu bois, ularni Parkinson kasalligini davolashda qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llash imkoniyati yaqin kelajakda paydo bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu tadqiqot hali boshlang‘ich bosqichda, ammo u kelajakda Parkinson kasalligi bilan kurashda yangi, samarali va xavfsiz davolash usullarini ishlab chiqishga umid bag‘ishlaydi.

  • 10 Fevral, 12:00
  • Batafsil
not found

Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati baholanadi

Vazirlar Mahkamasi qarori (40-son, 30.01.2026-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Hukumatning 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga (https://lex.uz/docs/3730228) kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, “Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash va toifalash to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom talablari davlat tashkilotlari xodimlarining Prezident Virtual qabulxonasi bilan ishlash tizimida ro'yxatga olingan va davlat organiga ijro uchun yo'naltirilgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati quyidagi murojaatlar sonidan kelib chiqib toifalarga ajratiladi: ▪️ ro'yxatga olingan;▪️ qanoatlantirilgan;▪️ rad etilgan;▪️ ijro muddatlari buzilgan;▪️ takroriy. Murojaatlar bilan ishlash faoliyati tahlil natijalariga asosan 3 toifaga ajratiladi: - yuqori natijadorlikka ega - yashil toifa;- o'rta natijadorlikka ega - sariq toifa;- past natijadorlikka ega - qizil toifa. Baholash natijalariga ko'ra davlat organlari mansabdor shaxslarining KPI ko'rsatkichlari quyidagicha belgilanadi: ▫️ yashil toifa - 100 foiz;▫️ sariq toifa - 50 foiz;▫️ qizil toifa - 10 foiz.  "Qizil" toifaga kiritilgan davlat organlarining rahbarlari yoki ularning tegishli o'rinbosarlariga nisbatan intizomiy ta'sir choralari ko'rilishi mumkin.

  • 6 Fevral, 12:00
  • Batafsil
not found

2025-yilda 765 ta dorixonada narxlarni asos­siz oshirish holatlari aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirib qoʻllagan dorixonalarni aniqlash va isteʼmolchilar huquqlarini tiklash boʻyicha keng koʻlamli oʻrganishlar oʻtkazildi. Xabaringiz borki, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Raqobat qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan 2025-yil davomida Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlarga ketma-ketlikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 765 ta dorixonada (119 ta ulgurji va 646 ta chakana) 267 456 ta holatda 7,95 mlrd. so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayan doirasi huquqlari tiklash choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzilishi bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi. - Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 ta dorixonada 5 311 ta holatda 130,3 mln. so‘m miqdorda; - Andijon viloyatida 26 ta dorixonada 3 200 ta holatda 95,5 mln. so‘m miqdorda; - Buxoro viloyatida 53 ta dorixonada 38 355 ta holatda 929,4 mln. so‘m miqdorda; - Jizzax viloyatida 23 ta dorixonada 1 042 ta holatda 56,4 mln. so‘m miqdorda; - Qashqadaryo viloyatida 50 ta dorixonada 2 783 ta holatda 203,6 mln. so‘m miqdorda; - Navoiy viloyatida 79 ta dorixonada 20 645 ta holatda 329 mln. so‘m miqdorda; - Namangan viloyatida 56 ta dorixonada 36 310 ta holatda 575,2 mln. so‘m miqdorda; - Samarqand viloyatida 57 ta dorixonada 5 167 ta holatda 1 mlrd. 231 mln. so‘m miqdorda; - Surxondaryo viloyatida 53 ta dorixonada 9 445 ta holatda 1 mlrd. 570,2 mln. so‘m miqdorda; - Cirdaryo viloyatida 33 ta dorixonada 2 782 ta holatda 208,6 mln. so‘m miqdorda; - Toshkent viloyatida 63 ta dorixonada 21 983 ta holatda 735,1 mln. so‘m miqdorda; - Farg‘ona viloyatida 35 ta dorixonada 22 760 ta holatda 310,1 mln. so‘m miqdorda; - Xorazm viloyatida 25 ta dorixonada 3 867 ta holatda 199,3 mln. so‘m miqdorda; - Toshkent shahrida 173 ta dorixonada 131 219 ta holatda 1 mlrd. 404,7 mln. so‘m miqdorda iste’molchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olinganligi aniqlangan. - Qo‘mita tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

  • 5 Fevral, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech