09:06 (18.12.2025)

115

Dorixona omborida tekshiruv o'tkazildi

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi dorixonalardan biriga qarashli omborxona tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada unda 1209 turdagi jami 38 mlrd so‘mlik dori vositalari mavjudligi, shundan, taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan dori vositalari xalqaro GDP (saqlash, olib kelish va realizatsiya qilish bo‘yicha) sertifikatiga ega emasligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Sertifikatlash organidan litsenziya olmagan holda saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, omborxonadagi dori vositalari orasida umumiy qiymati 263 mln 921 ming so‘mni tashkil etuvchi 30 turdagi 10 509 quti dori vositalarining yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lib, 3 turdagi 639 quti dorilar hamda 243 dona gel vositalarining yaroqlilik muddatlari qalbakilashtirilgan.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, dorixona mansabdor shaxslari tomonidan dori vositalari litsenziyada ko‘rsatilgan binodan tashqarida saqlanib, 10 turdagi dori vositalarida muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan, 1 turdagi dori vositasi g‘ayriqonuniy tayyorlangan (kontrafakt), 9 turdagi dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va 20 turdagi yaroqlilik muddati tugagan dori vositalari tegishli tartibda yo‘q qilinmasdan saqlanayotganligi sababli, ushbu dori vositalarining barchasini O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.

 Hozirda dorixona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech