Yangiliklar

not found

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Bosh vazir raisligida tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanadi. Tashkiliy qo‘mita Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda Konsepsiya asosida ishlab chiqiladigan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash bo‘yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturini tasdiqlaydi, shuningdek, uning amalga oshirilishini ta’minlaydi. Qayd etilishicha, bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi, ular uchun bayram dasturxoni yozish hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etiladi. O‘tkaziladigan bayram tadbirlarining xarajatlari: - Toshkent shahrida – respublika byudjeti va Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda; - Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi belgilandi.

  • 24 Fevral, 12:26
  • Batafsil
not found

Magniy yetishmovchiligi ayrim surunkali kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi

Avstraliyalik olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot ushbu mikroelementning yetishmasligi surunkali degenerativ kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishini tasdiqladi. Inson organizmidagi 600 dan ortiq fermentlarning faolligiga vositachilik qiluvchi magniyni kam iste’mol qilish (kuniga 300 mg dan kam) ko‘plab kasalliklar xavfini oshirishi mumkin. Janubiy Avstraliya universiteti olimlari 172 nafar o‘rta yoshli erkak va ayollarning qon namunalarini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng magniyning past darajasi va gomotsistein deb ataladigan zararli aminokislotalarning yuqori darajasi o‘rtasida kuchli bog‘liqlik borligini aniqladi. "Bizning tadqiqotimiz qondagi magniy darajasining pastligi (18 mg / L dan kam) va DNKning shikastlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatdi ...Bu shuni ko‘rsatadiki, genlarni gomotsistein toksikligidan himoya qilish uchun qondagi magniy miqdorini yetarlicha yuqori darajada ushlab turish kerak", deydi tadqiqotchilar. Ularning aytishicha, past magniy va yuqori gomotsistein - genlarga zarar yetkazadi va odamlarni Alsgeymer, Parkinson, oshqozon-ichak kasalliklari, saraton va diabet rivojlanishiga moyil qilib qo‘yadi. Shuningdek, surunkali magniy yetishmovchiligi organizmning energiya ishlab chiqarish va hujayralarni oziqlantirish faoliyatini buzadi, bu esa to‘qimalarning tez qarishiga olib keladi va odamlarda yoshga bog‘liq kasalliklar erta boshlanishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotchilar, shuningdek, magniyning tabiiy manbalarini ta’kidlab o‘tdi: don mahsulotlari, yashil bargli sabzavotlar, yong‘oqlar, loviya va qora shokolad.

  • 24 Fevral, 09:50
  • Batafsil
not found

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo‘limi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "A.Navoiy" MFY hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.Sh. va boshqalarning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda mashina salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shu kabi, Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A-376 avtomagistral yo‘lining “Jizzax-Zarbdor” yo‘nalishida harakatlanib kelgan fuqaro E.R.ning boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi "A.Z." MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi I.S. fuqaro M.X.ga sotish uchun yuborgan 20 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, Departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “N.Ph.” va “L.L.” MCHJlarga qarashli dorixona sotuvchilari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini retseptsiz sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 23 quti “Benzonal” va “Tizersin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  • 21 Fevral, 14:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech