14:55 (16.06.2025)
59
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani boʼlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʼullanib kelgan fuqaro F.O. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari boʼlmagan jami 1 000 dona “ARAGAN” nomli dori vositasini 215 mln soʼmga sotishga kelishib, ushbu pullarni АQSh dollarida hisoblab 16 600 АQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʼtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.