12:00 (17.06.2025)

57

200 dan ortiq dorixonalar 2,6 mlrd. soʼmdan ortiq asossiz daromad olganligi aniqlandi

Respublika boʼyicha 200 dan ortiq dorixonalar 2,6 mlrd. soʼmdan ortiq asossiz daromad olganligi aniqlanib, ularni qaytarish boʼyicha tegishli choralar koʼrildi, deya xabar bermoqda Raqobat qoʼmitasi matbuot xizmati. 

Qoʼmita tomonidan “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali dorixonalarda dori vositalarini sotishda belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmaganligi holatlari oʼrganib borilmoqda.

Yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar boʼyicha 2025 yilning oʼtgan davri davomida olib borilgan oʼrganishlarda 225 ta dorixonada 62 704 ta holatda dori vositalarning savdosi boʼyicha 2,6 mlrd. soʼm asossiz daromad olinganligi aniqlandi hamda belgilangan tartibda ish qoʼzgʼatilib, mablagʼlarni qaytarish boʼyicha tegishli choralar koʼrildi.

Jumladan, ulgurji savdoda:

- 1744 ta holatda -“EVRO FARM BIZNES” MChJ XK;
- 1695 ta holatda - “TAR PHARM ALLIANCE” MChJ;
- 5191 ta holatda - “GARMONIYA FARM” MChJ.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, narxlarni asossiz oshirish alomatlari boʼyicha “GARMONIYA FARM”, “EVRO FARM BIZNES” hamda “TAR PHARM ALLIANCE” MChJlarga nisbatan Qoʼmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʼzgʼatildi.

Xabarda, Raqobat qoʼmitasi dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlarni dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari belgilangan narxlariga rioya etilmay sotilgan taqdirda chora koʼrilishi haqida ogohlantirib oʼtadi.

Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi PQ-411-son qaroriga asosan, Soliq qoʼmitasi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi elektron tizimlari integratsiyasi natijasida Raqobat qoʼmitasiga dori vositalari narxlari oshirilgani haqida xabarlar avtomatik ravishda onlayn kelib tushishi yoʼlga qoʼyilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech