Yangiliklar

not found

III Oʼzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumi

Joriy yilning 2-3-sentyabr kunlari Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi hamkorligida III Oʻzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumi oʻtkazilmoqda. Mazkur forum ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Senat Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ham mazkur yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda. "Dori-Darmon" AK Belarus farmkompaniyalari bilan tanishish va hamkorlik shartnomalarini imzolashni rejalashtirgan. "Oʻzbekiston-Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida"  mavzusida oʻtkazilayotgan biznes-forumda “Oʻzbekiston – Belarus: taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari” mavzusida boʻlib oʻtgan seksiya majlisida ikki mamlakat hokimiyat organlari, universitetlari, ilmiy va tibbiyot markazlari vakillari ishtirok etdi. Yigʻilish davomida universitetlarning oʻzaro hamkorligi, texnologik rivojlanishda ilm-fanning oʻrni, farmatsevtika sanoatining istiqbollari, onalar va bolalar salomatligi, shuningdek, tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari diqqat markazida boʻldi. Seksiya majlisida "Dori-Darmon" AK tijorat direktori R. Abdulov "Reimbursatsiya dasturlarini ishlab chiqish: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro istiqbollarʻ mavzusida maʼruza qildi. Kompaniya misolida raimbursatsiya dasturining ahamiyati, sohaga berilayotgan keng imkoniyatlar,  aholini sifatli dori-vositalari bilan taʼminlashda mazkur dasturning oʻrni haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Taʼkidlash kerakki, forum doirasida ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash, istiqbolli loyihalarni ilgari surish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.

  • 2 Sentyabr, 19:40
  • Batafsil
not found

Gepatit har 30 soniyada bir kishining oʻlimiga sabab boʻlmoqda

Har 30 soniyada sayyoramiz boʻyicha bir bemor ogʻir jigar xastaligi yoki virusli gepatit tufayli kelib chiqadigan saratondan vafot etadi.  Qayd etilishicha, virusli gepatitning A, V, S, D va Ye turlari — oʻtkir jigar infeksiyalarining asosiy omillari. Ulardan faqat V, S va D turlari jigar yetishmovchiligi va sirrozi, jigar saratoni xavfini sezilarli darajada oshiradigan surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq virusni yuqtirgan insonlarning aksariyati oʻz xastaligidan bexabar. Tahlillarga koʻra, hozir dunyoda gepatitning V, S va D turlariga chalingan 300 million nafardan ortiq bemor bor. Har yili ulardan 1,3 million nafardan ziyodi xastalik oqibatida vafot etmoqda. Shunga qaramay, gepatit boʻyicha milliy harakat rejasiga ega mamlakatlar soni 2025-yilda 59 tadan 123 taga koʻpaygani ijobiy hol. Qolaversa, joriy yilda 129 ta davlat homilador ayollarda gepatit B ni tekshirish siyosatini ishlab chiqdi. Bu 2024-yilga solishtirganda 23 ta koʻp koʻrsatkichdir. Oʻz navbatida, 147 davlat (ikki yil avval 138 ta edi) yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun gepatit B ga qarshi emlashni joriy qildi. Lekin hali muammolar koʻp. Masalan, 2024-yilda gepatitning B turi bilan ogʻrigan har sakkiz odamdan faqat bir nafariga, C turi bilan kasallanganlarning esa uchdan bir qismidan sal koʻprogʻiga tashxis qoʻyilgan. Muolajalar qamrovi borasida ahvol bundan ham yomonroq: gepatit B ga chalinganlarning atigi 3 foizi va gepatit S ni yuqtirganlarning bor-yoʻgʻi 20 foizi zarur davolanish kurslarini olgan, xolos. Tabiiyki, bu raqamlar JSSTning 2025-yilga moʻljallangan global maqsadlarida koʻzda tutilgan koʻrsatkichlardan ancha kam. Yaʼni diagnostika boʻyicha 60 foiz, muolaja borasida 50 foizlik natija marra sifatida belgilangan. Vaholanki, bu global maqsadlar roʻyobi 2030-yilgacha 2,8 million kishining hayotini saqlab qolishga, 9,8 million kasallanish holatlarining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

  • 2 Sentyabr, 09:10
  • Batafsil
not found

Farzandingizni maktab oldi tekshiruvlardan oʼtkazing

Maktabga chiqish yoshida, yaʼni yetti yoshda oʼtkaziladigan tibbiy koʼrik qonda kamqonlik (anemiya), infektsiyalar, buyrak yalligʼlanishi, ichki aʼzolarning noodatiy tuzilishi hamda yurak nuqsonlarini aniqlash imkonini beradi. Bu haqda Yevropa tibbiyot markazi (EMC)ning bolalar shifokori Inga Lalayan maʼlum qildi. " Qonning umumiy tahlilini 6–7 yoshdan boshlab muntazam topshirish tavsiya etiladi. Ushbu tahlil orqali kamqonlik (anemiya), infektsiyalar, yalligʼlanish jarayonlari, qon tizimiga doir xavfli kasalliklar, shuningdek, qon ivish jarayonidagi buzilishlar aniqlanishi mumkin. Peshob umumiy tahlili 6 yoki 7 yoshda topshiriladi, profilaktika maqsadida buyraklar va qorin boʼshligʼi aʼzolarining UZI tekshiruvi esa odatda 3 yoshda, 7 yoshda va 15 yoshda, shuningdek, tibbiy koʼrsatmalarga muvofiq holda oʼtkaziladi. Bunday tekshiruvlar siydik chiqarish tizimi aʼzolarining tugʼma nuqsonlari, glomerulonefrit, shuningdek, buyrak va siydik chiqarish yoʼllarining surunkali yalligʼlanish jarayonlarini aniqlashga yordam beradi. Qorin boʼshligʼi aʼzolarining UZI tahlili orqali ichki aʼzolar tuzilishidagi noodatiy holatlar, shuningdek, ehtimoliy yomon va yaxshi xulqli oʼsmalar, gepatit kabi kasalliklarni fosh etish mumkin», – deydi shifokor. Shifokorning soʼzlariga koʼra, maktabga tayyorgarlik doirasida 6–7 yoshda oʼtkaziladigan exokardiografiya natijalari asosida tugʼma va orttirilgan yurak nuqsonlari, klapanlar tuzilishidagi miksomatoz oʼzgarishlar, shuningdek, dilatatsion va gipertrofik kardiomiopatiyalar, jumladan, nokompakt miokard turidagi kardiomiopatiyani ham aniqlash mumkin. Maktabga borish oldidan oʼtkaziladigan elektrokardiografiya (EKG) yurakning oʼtkazuvchi tizimidagi buzilishlar, yurak ritmidagi uzoq tanaffuslar, sezilarli darajadagi ektopik faollik, shu jumladan, har doim ham klinik koʼrikda aniq namoyon boʼlmaydigan arterial fibrillyatsiyasini aniqlashga yordam beradi. "Roʼyxatda keltirilgan kasalliklarning barchasi xavfli boʼlib, erta tashxis qoʼyishni talab qiladi, shuning uchun oʼquv yili boshlanishidan oldin tibbiy koʼrikdan oʼtishga eʼtiborli boʼlish kerak"-deya xulosa qildi shifokor. Bundan tashqari, Lalayanning taʼkidlashicha, bolani endokrinolog, LOR shifokor, nevropatolog, oftalьmolog, stomatolog hamda bolalar urologi yoki akusher-ginekolog koʼrigidan ham oʼtkazish tavsiya etiladi.

  • 28 Avgust, 18:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech