19:40 (02.09.2025)

72

III Oʼzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumi

Joriy yilning 2-3-sentyabr kunlari Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi hamkorligida III Oʻzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumi oʻtkazilmoqda.

Mazkur forum ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Senat Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ham mazkur yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda.

"Dori-Darmon" AK Belarus farmkompaniyalari bilan tanishish va hamkorlik shartnomalarini imzolashni rejalashtirgan.

"Oʻzbekiston-Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida"  mavzusida oʻtkazilayotgan biznes-forumda “Oʻzbekiston – Belarus: taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari” mavzusida boʻlib oʻtgan seksiya majlisida ikki mamlakat hokimiyat organlari, universitetlari, ilmiy va tibbiyot markazlari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida universitetlarning oʻzaro hamkorligi, texnologik rivojlanishda ilm-fanning oʻrni, farmatsevtika sanoatining istiqbollari, onalar va bolalar salomatligi, shuningdek, tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari diqqat markazida boʻldi.

Seksiya majlisida "Dori-Darmon" AK tijorat direktori R. Abdulov "Reimbursatsiya dasturlarini ishlab chiqish: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro istiqbollarʻ mavzusida maʼruza qildi. Kompaniya misolida raimbursatsiya dasturining ahamiyati, sohaga berilayotgan keng imkoniyatlar,  aholini sifatli dori-vositalari bilan taʼminlashda mazkur dasturning oʻrni haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Taʼkidlash kerakki, forum doirasida ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash, istiqbolli loyihalarni ilgari surish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech