16:15 (30.06.2025)

66

Nervlar bilan birikib oʼsadigan tish implantlari ixtiro qilindi

Olimlar innovatsion implantni taqdim etishdi, u shunchaki tish oʼrnini bosmaydi, balki tom maʼnoda milk ichida oʼsib, xuddi haqiqiy tishlar kabi nervlar bilan bogʼlanadi.

Tafts universiteti stomatologiya maktabi va tibbiyot fakulteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan “aqlli” implant- bu ildiz hujayralari va ularning nerv toʼqimalariga aylanishini qoʼzgʼatuvchi maxsus oqsil mavjud boʼlgan, biologik parchalanadigan tashqi qatlamga ega sunʼiy tishdir.

«Аqlli» implant suyaklarni teshmasdan toʼgʼridan-toʼgʼri toʼqimalarga joylashtirilishi mumkin va ildiz hujayralari, shuningdek, tarkibidagi maxsus oqsil tufayli u mavjud nervlar bilan birlashib, haqiqiy tish kabi oziq-ovqatni tuzilishi va haroratini his qilish imkonini beradi.

Implant kemiruvchilarda muvaffaqiyatli sinovdan oʼtkazildi va implantatsiyadan 6 hafta oʼtgach toʼliq ishladi. Keyingi qadam, hayvonlarning miyasi implantga qanday munosabatda boʼlishini va mavjud asab tizimiga qanchalik samarali qoʼshilishini oʼrganishdir.

Shundan soʼng olimlar yirik hayvonlar ustida oʼtkaziladigan tajribalarga, soʼngra odamlarda klinik sinovlarga oʼtadilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech