08:53 (16.05.2024)

1177

Antibiotiklarni qanday qilib toʼgʼri qabul qilish mumkin

Antibiotiklar 20-asrning asosiy kashfiyotlaridan biri deyiladi, chunki ular yordamida millionlab odamlarning hayoti saqlab qolingan. Аntibiotiklarni samarali taʼsir qilishi uchun ularni toʼgʼri - oʼz vaqtida, oziq-ovqat isteʼmoliga qarab va toʼgʼri ichimlikni tanlash orqali qabul qilish kerak.

Gastroenterolog Natalya Slyunyaeva aif.ru ga bergan intervyusida antibiotiklarni qabul qilishda nimalarni yodda tutish kerakligi haqida gapirdi.

Foydalanish shartlari

Faqat shifokorgina koʼplab omillarga eʼtibor qaratib, dorini aniq belgilashi mumkin :

- preparatni qabul qilish shakli - masalan, tabletkalar, inyektsiya, tomchilar,
- infektsiya turi - baʼzi bakteriyalar intensiv terapiyani talab qiladi,
- organizmning buyurilgan doriga sezgirligi,
- kasallikning ogʼirligi,
- bemorning yoshi va vazni.

Dorining oʼziga xos xususiyatlarini ham hisobga olish kerak, deydi shifokor. "Koʼpgina antibiotiklar oshqozonning kislotali muhitini yoʼq qilishi mumkin, qon-miya toʼsigʼiga kirib boradi (bu yarim oʼtkazuvchan membrana boʼlib, qon oqimini markaziy asab tizimidan ajratib turadi), jigar va buyraklarning funktsional faoliyatiga salbiy taʼsir qiladi".

- Shifokor tomonidan tayinlangan preparatning dozasini oʼzgartirish qatʼiyan man etiladi - kontsentratsiyani kamaytirish infektsiyani bartaraf etmaydi, dozadan oshib ketish esa tananing intoksikatsiyasiga olib keladi.

- Belgilangan preparatni qabul qilish vaqti muhim ahamiyatga ega. Antibiotiklarni bir vaqtning oʼzida va muntazam ravishda qabul qilish kerak, chunki organizm qondagi preparatning kontsentratsiyasini saqlab turishi kerak.

- Bundan tashqari, buyurilgan dori-darmonlarni qabul qilish boʼyicha koʼrsatmalarga amal qilish shart, chunki turli xil antibiotiklar oziq-ovqat isteʼmoliga qarab farqlanadi.

- Antibiotiklarni toza, gazsiz suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi, chunki choy, qahva, sut mahsulotlari, sharbatlar va alkogol kabi boshqa ichimliklar ichish davolash samaradorligini pasaytirishi mumkin, - deya ogohlantiradi gastroenterolog.

Notoʼgʼri tanlangan ichimlik istalmagan reaktsiyalarni keltirib chiqaradi:

- qon bosimining oshishi,
- koʼngil aynishi,
- qusish,
- yurakning tez urishi.

"Oʼzingizni yaxshi his qilsangiz ham antibiotiklar bilan davolanishni toʼxtatmang, hissiyotlar aldamchi boʼlishi mumkin: kasallik tez orada qaytadi va bakteriyalar qabul qilinayotgan doriga chidamli boʼladi",- deydi shifokor.

Har bir organizm individual boʼlganligi sababli, antibiotiklarni qabul qilish paytida odamda anafilaktik shok paydo boʼlish xavfi mavjud. Uning namoyon boʼlishi: yurak urish tezligi, toshma, vahima, bosh aylanishi, tomoq yoki yuzning shishishi, boʼgʼilish, qon bosimining keskin pasayishi, sudorgi va hushidan ketish. Bunday holatda darhol dori-darmonlarni qabul qilishni toʼxtatish va tez yordam chaqirish kerak.

"Antibiotiklar bakterial infektsiyalar uchun samarali davo boʼlishi mumkin, ammo notoʼgʼri va nazoratsiz qabul qilinsa, sogʼliq uchun juda koʼp zarar yetkazishi mumkin.", - deya xulosa qildi mutaxassis. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech