12:00 (28.10.2025)

65

Olimlar qondagi qand miqdorini aniqlashning yangicha usulini taqdim etdi

Saratov olimlari ishlab chiqqan sensorlar terini teshmasdan, faqat teri yuzasidan ter tarkibidagi glyukozani aniqlaydi. Ular moslashuvchan, havo o‘tkazuvchan, allergiya qachirmaydi va doimiy kundalik foydalanishga mos.

Hozirgi kunda diabetni samarali nazorat qilishda qondagi glyukoza darajasini tez-tez o‘lchash talab etiladi. Biroq an’anaviy usullarda barmoqni bir necha marta teshish kerak bo‘lib, bu bemorlarda og‘riq va noqulayliklar keltirishi bilan birga, glyukoza darajasining kun davomidagi o‘zgarishlarini to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Saratov davlat universiteti olimlari bu muammoni hal qilish maqsadida qon olishsiz monitoring qilish texnologiyasini yaratdilar.

Yangi ishlanma optik aniqlash usuliga asoslangan bo‘lib, gigant kombinatsion tarqalish effekti yordamida ishlaydi. Bu usulda metall nanozarrachalar molekulalar bilan o‘zaro ta’siri signalni bir necha marta kuchaytiradi. Tadqiqotchilar poliakrilonitrildan tayyorlangan va kumush nanozarrachalar bilan qoplangan maxsus havo o‘tkazuvchi sensor material ishlab chiqishdi. Ushbu sensor glyukozani aniqlashda kuchsiz signallarni sezuvchanlik bilan qabul qiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi usul 1–10 mM glyukoza konsentratsiyalarini (meyordan og‘ir giperglikemiyagacha) suv va sun’iy terda yuqori aniqlikda aniqlay oladi. Mashinaviy o‘qitish algoritmlari yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash 93,8 foiz aniqlikda natija berishini ko‘rsatdi.

Hozirgi vaqtda bozordagi aksar sensorlar teri ostiga joylashtirilishi talab etiladi, bu esa qon olish jarayoni bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Saratov olimlari ishlab chiqqan sensorlar esa terini teshmasdan, faqat teri yuzasidan ter tarkibidagi glyukozani aniqlaydi. Ular moslashuvchan, havo o‘tkazuvchan, allergiya qachirmaydi va doimiy kundalik foydalanishga mos.

Ushbu texnologiya kelajakda farmatsevtika bozoridagi glyukozani o‘lchash qurilmalari bilan raqobatlasha oladi va u qandli diabet bilan yashovchi insonlar uchun hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bemorlar uchun bu texnologiya faol hayot tarzini yuritish va sport bilan xavfsiz shug‘ullanish imkonini beradi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech