11:32 (24.10.2025)

88

Dorixona xodimlari uchun navbatdagi o‘quv treningi o‘tkazildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyati hamda hududlardagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar xodimlari uchun navbatdagi o‘quv treningi tashkil etildi. Treningda dorixona mudirlari va xodimlari onlayn hamda oflayn formatda ishtirok etdi.

Bu safargi trening “Karlovy Vary” brendi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida brend va mahsulot haqida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilarga mineral suvning shifobaxsh xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

Ta’kidlanganidek, "Karlovy Vary" —mineral suvi tabiiy tarkibga ega bo‘lib, inson organizmi uchun foydali 30 dan ortiq elementlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida kalsiy, magniy, kaliy, natriy va selen kabi moddalar mavjud bo‘lib, organizmdagi muvozanatni saqlash, immunitetni mustahkamlash va hazm tizimini yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, “Karlovy Vary” brendi tomonidan dorixonalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan, 30 noyabrga qadar davom etadigan aksiyada faol ishtirok etib, shifobaxsh suvni ko‘proq tavsiya etgan va sotish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlar aniqlanib, faolligi uchun taqdirlandi.

“Dori-Darmon” AK bunday o‘quv treninglar orqali xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishni davom ettirmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech