09:00 (28.10.2025)

44

adbirkorlar uchun yangi imkoniyat — soliq nizolarini ko‘rib chiquvchi ekspert kengashi tuziladi

Hukumat qarori (672-son, 24.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish tartibini belgilaydi.

Kengashning asosiy vazifalari:

???? tadbirkorlar bilan soliq idoralari o‘rtasidagi bahsli masalalarni ko‘rib chiqish;
???? soliq qonunchiligidagi amaliyotni tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
???? davlat organlari va biznes hamjamiyati bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish.

Kengash majlislari har oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan.

Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

Bu yangilik — tadbirkorlar uchun qonun doirasida o‘z manfaatlarini himoya qilishda muhim qadam.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech